So’nggi yangiliklar

11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  0 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  8 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  1 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  2 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  1 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  4 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  2 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  34 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  15 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  4 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0

Derbida xorijlik hakamlar, Farg'onada ko'rinish bergan Fyodorov va O'FA birinchi vice-prezidentining "Neftchi" muxlislari bilan uchrashuvi haqida (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Derbida xorijlik hakamlar, Farg'onada ko'rinish bergan Fyodorov va O'FA birinchi vice-prezidentining "Neftchi" muxlislari bilan uchrashuvi haqida (Bekzod Tolibov blogi)

Bugun Farg'ona viloyati futbol associaciyasi majlislar zalida O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va "Neftchi" klubi muxlislari o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Farg'ona viloyati futbol associaciyasi vakillari, viloyat futboli mutasaddilari, "Neftchi" klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi va bir guruh muxlislar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda so'zga chiqqan O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va boshqa mutassaddilar Farg'onada futbolni yaxshi ko'radigan va ushbu sport turiga ishqibozlik qiladigan muxlislar soni juda ko'pchilikni tashkil etishi, stadionlarda tomoshabinlarga yanada qulaylik yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida qator fikr va mulohazalarni aytib o'tdilar. SHuningdek, mazkur jarayonda "Neftchi"ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Andrey Fyodorov ham bevosita ishtirok etdi. Bizga malum bo'lishicha, O'zbekistonga bir necha kun dam olish kelgan Fyodorov O'FA vice-prezidenti Ravshan Ermatovning taklifiga ko'ra Farg'onaga, futbol muxlislari bilan uchrashuvga etib borgan.

"Neftchi" matbuot xizmatiga ko'ra, endilikda jamoa fan-klubi tizimida qator islohotlar amalga oshiriladi. Bu borada 12-sentyabr kuni maxsus yig'ilish bo'lib o'tishi belgilangan.

Uchrashuv davomida, futbol uchrashuvlaridagi hakamlik borasida ham so'z bordi. Ushbu masala yuzasidan so'z olgan O'FA vice-prezidenti Ravshan Ermatov Coca-Cola Superligasining so'ngi 26-turidan o'rin olgan "Navbahor" va "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi vodiy derbisiga xorijlik hakamlar guruhi taklif etilishi rejalashtirilayotgani malum qilindi.

Bekzod Tolibov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика