Derbi ritmi: A Seriya 12-tur prevyusi
10 noy 2023 14:50
Yangiliklar
Derbi ritmi: A Seriya 12-tur prevyusi
"Yuventus" - "Kalyari"
Juventus Gleison Bremer - 60', Daniele Rugani - 70' |
Serie A . 12-tur 11/11/2023, 22:00 1
:
2
Tugadi
|
Cagliari Alberto Dossena - 75' |
Stadion: Allianz Stadium, 39892 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Piccinini
Diskvalifikaciya tufayli Rabo o'yinni o'tkazib yuboradi va bu Allegri uchun jiddiy muammo. Uning o'rnini katta ehtimol bilan Kambyazo egallaydi. SHuningdek, Kostich va Gattida muammolar mavjud. Bu esa o'z navbatida ikki yosh futbolchi Xayzen va Aylingga maydonga tushish imkonini berishi mumkin. Hujumda Kin va Vlaxovich varianti mavjud.
Mehmonlar ustozi Klaudio Raneri "Jenoa"ni mag'lub etgan tarkibda o'zgarishlarga qo'l urmasa kerak. Ustiga-ustak jamoa safida jarohatlanganlar ham yo'q.
Jamoalarning avvalgi o'yinid "Yuventus" Sardiniyadan 2-1 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan. Hozir ham "keksa sinora" favorit sifatida tilga olinmoqda, qo'shimchasiga "Kalyari"ning A Seriya bahslarida safarda omadi chopmayapti. "Yuventus" himoyasi juda kuchli o'yin ko'rsatmoqda, ammo quruq seriya bu bellashuvda to'xtatilsa ajab emas.
"Napoli" - "Empoli"
SSC Napoli |
Serie A . 12-tur 12/11/2023, 16:30 1
:
0
Tugadi
|
Empoli Viktor Kovalenko - 90' |
Stadion: Diego Armando Maradona, 52000 tomoshabin
Bosh hakam: Alessandro Prontera
Osimxen hamon lazaretda, himoyachi Natan esa diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldi va asosiy tarkibga qaytadi. Hujumda ilk daqiqalardan Simeoneni ko'rishimiz mumkin. Unga orqaroqdan Elmas va Kvaracxeliya yordamlashadi. Politanoga esa dam olish imkoni beriladi va balki u oxirgi daqiqalarda zaxiradan maydonga tushar.
"Empoli"da Malex diskvalifikaciyadan qaytadi, ammo asosiy tarkibda tushishi hozircha aniq emas. Destro va Pesselya esa hali ham jamoaga yordam bera olmaydi, Gyassi va Bastoni zaxiradan o'yinga qo'shilib, jamoaga yordam berishi mumkin. Hujumning oldingi chizig'ida Kaputoga alternativ variant yo'q.
O'tgan safar "Napoli" ishonchli o'yin ko'rsatib, 2-0 hisobida g'olib bo'lgandi. Amaldagi chempion bu safar ham yaqqol favorit. "Empoli" hozirda "Napoli"ga qarshi bellashuvda ochko olishi juda katta muammodek. Bunga neapolliklar evrokuboklarda ishtirok etayotgani, charchoq va jarohatlar ham tasir ko'rsata olmaydigandek.
"Lacio" - "Roma"
Lazio |
Serie A . 12-tur 12/11/2023, 22:00 0
:
0
Tugadi
|
Roma |
Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 63000 tomoshabin
Bosh hakam: Davide Massa
"Lacio" tarkib bilan bog'liq jiddiy muammolarga duch kelgan. Jamoaga Kazale, Marushich, Luis Alberto va Cakanya yordam bera olmaydi. SHunday ekan Sarri ancha bosh qotirishiga to'g'ri keladi. Immobile o'yinni ilk daqiqalardan boshlab, unga Pedro va Felipe Anderson yordamlashsa kerak.
Rimliklar safida Kumbula, Abraxam va Smolling hamon lazaretda, lekin Zalevski, Spinnacolla va Pellegrini esa bahsga tayyor bo'lib ulgurishlari mumkin. Hujumda Mourino Dibala-Lukaku juftligiga ishonch bildiradi.
Jamoalar mart oyida ro'baro kelganida "Lacio" minimal 1-0 hisobida zafar quchgan. Qiziq jihati, hozirda aksar mutaxassislar "Roma"ni favorit sifatida ko'rmoqda. Bu ko'proq "burgutlar"ning kadrlar muammosi bilan ham bevosita bog'liq. Biroq aynan "Lacio" derbi oldidan ko'proq dam olish, tayyorgarlik ko'rish uchun vaqtga ega bo'ldi. Sababi "Roma" kuni-kecha Evropa Ligasida o'yin o'tkazdi. "Lacio" esa CHempionlar Ligasidagi bellashuvini avvalroq o'tkazib ulgurgandi. Nazarimizda, uchrashuv ancha murosasiz va kurashlarga boy bo'ladi.
"Inter" - "Frozinone"
Inter Federico Dimarco - 43', Hakan Calhanoglu - 48' |
Serie A . 12-tur 13/11/2023, 00:45 0
:
2
Tugadi
|
Frosinone |
Stadion: Giuseppe Meazza, 75000 tomoshabin
Bosh hakam: Federico Dionisi
Kuadrado va Pavar jarohatlangan, shu sababli asosiy tarkibda Darmian maydonga tushsa kerak. Dumfrisning holati haqida esa hozircha aniq bir nima deb bo'lmaydi. Arnautovichning safga qaytishi milanliklar uchun yaxshi yangilik bo'ldi. U zaxiradan o'yinga qo'shilishi mumkin. Asosiy tarkibda esa Lautaro va Sanches juftligi boshlasa ajab emas.
Mehmonlar safida Xarrui maydonga tusha olmaydi, Gelli, Kalay hamda Romanolining ishtiroki esa so'roq ostida qolmoqda. Hujumda Di Franchesko Ibragimovich-Marvin Kuni duetiga ishonch bildiradi. Har ikki forvard "Empoli"ga qarshi kubok bahsida gol urishni uddaladi.
So'nggi bor jamoalar 2019 yil to'qnash kelgan va "Inter" ortiqcha muammolarsiz (3-1) zafar quchgandi. Simone Inzagi shogirdlari bu safar ham qiyinchilikka duch kelmasa kerak. "Frozinone" kurashuvchan jamoa, biroq darajadagi farq ancha katta va safarda "sherlar"dan ochkolar kutish biroz noo'rin.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar