Depay "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin
09 noy 2022 20:23
Yangiliklar


Depay "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay kelasi yil klubini o'zgartirishi mumkin.
Spanish Sport xabariga ko'ra, Depay "Manchester Yunayted" vakillari tomonidan diqqat bilan kuzatilmoqda. Hujumchi yana "Old Trafford"da paydo bo'lishi mumkin. Oldinroq u Angliya klubida 2015/2016 va 2016/2017 yilgi mavsumlarda o'ynagan. Faoliyatining ikkinchi mavsumi o'rtalaridayoq Memfis "qizil iblislar"ni tark etib, "Lion"ga yo'l oldi.
28 yoshli Memfis Depay nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 20 million evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 17

Fikrlar