Depay "Manchester Yunayted"ga 34 mln. evroga tushgan
29 mar 2016 16:41
Yangiliklar
Depay "Manchester Yunayted"ga 34 mln. evroga tushgan
Football Leaks portali "Manchester Yunayted" va PSV o'rtasidagi Memfis Depay transferi shartnomasining suratlarini elon qildi.
Mankunianlar Gollandiya klubiga 34 mln. evro to'lashi kerakligi malum bo'ldi. PSV shartnoma imzolangan kuniyoq 17 mln. evro olgan, ingliz klubi 2016 yilning 31 yanvarigacha 8,5 mln. evro o'tkazib bergan va qolgan 8,5 mln. evroni 1 iyulgacha to'lashi shart qilib belgilangan. Bundan tashqari, bitimda bonuslar ham ko'zda tutilgan: APLdagi g'alaba uchun - 1,35 mln. evro, CHempionlar ligasidagi g'alaba uchun - 1,35 mln. evro, CHL yarim finali uchun 325 ming evro, ushbu turnir finalida ishtirok etgani uchun - 650 ming evro.
Agar "Manchester Yunayted" Depayni boshqa klubga sotsa, PSV yana 5 mln. evro oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar