Depay: "Jamoa bilan faxrlanaman, bu yirik natija"

Aslanov Jasurbek
20 sen 2018, 13:45
"Lion" hujumchisi Memfis Depay Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida "Manchester Siti" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

"Bu yirik natija. Jamoa bilan faxrlanaman. Uchrashuv qiyin bo'ldi, ammo to'p bizdaligida pas bilan o'ynashga harakat qildik, gol urganimizdan so'ng qarshi hujumlarga tayandik. Jamoamiz kuchli futbolchilardan tashkil topgan va bugun guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlay olishmizni ko'rsatdik" - deydi Depay.

"Lion" Chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi turida "Shaxtyor"ni qabul qiladi. Bahs 2 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BT Sport