Depay: "Barselona"ga Kumansiz ham o'tgan bo'lardim"
23 iyu 2021 08:13
Yangiliklar
Depay: "Barselona"ga Kumansiz ham o'tgan bo'lardim"
Memfis Depay "Barselona" futbolchisi bo'lganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu erda bo'lish - men uchun sharaf. Bolalikdagi orzuim ushaldi. Muzokaralar uzoq davom etdi, ammo bu erda o'ynash istagi doim bor edi. Buning amalga oshishiga imkon bergan klub prezidenti va rahbariyatiga rahmat aytaman.
SHuningdek murabbiydan ham minnatdorman. Kuman Niderlandiya terma jamoasida mendan markaziy hujumchi sifatida foydalandi va o'zimni qulay his qilishimga yordam berdi. Buning uchun unga rahmat aytishim kerak.
Agar u bo'lmaganida ham "Barselona"ga o'tgan bo'lardim. CHunki bu taklifga rad javobini berishning iloji yo'q. Ammo ushbu transferga u o'zining katta hissasini qo'shdi", - dedi Depay.
Fikrlar