So’nggi yangiliklar

08:23Sofascore. “Ризеспор“ мағлуб бўлган баҳсда Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56ОФК Чақирув кубоги. Қўшниларимиз бош совринга эга чиқишди  4 07:25Мессининг голи ҳам “Интер Майами“га йирик мағлубиятдан қутилиб қолишга ёрдам бермади  2 01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  1 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  4 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  15 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  2 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  13 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  4 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  28 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  18 22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  5 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  69 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  2

Depay: "Men moliyaviy sharoitlarni emas, orzuimni tanladim" Yangiliklar

Depay: "Men moliyaviy sharoitlarni emas, orzuimni tanladim"

"SEG Fotball" halqaro sport agentligi Memfis Depay "Manchester Yunayted"ga o'tgani haqidagi yangilikdan so'ng, birinchilardan bo'lib hujumchidan intervyu oldi.

- Transferga oid mish-mishlar ko'paygan so'nggi haftani qanday o'tkazdingiz?

- Bu vaqt oralig'i juda notinch o'tdi, chunki men top-klublardan birini tanlashim kerak edi. Ammo "Manchester Yunayted" orzuimdagi yagona klub, shu sabab do'stlarim yoki yaqin insonlarimdan maslahat so'raganim yo'q.

Endi esa terma jamoadagi do'stlarim va "Manchester Yunayted"da yig'ilgan kuchli futbolchilar bilan maydonga chiqishga sabrim chidamayapti. Lui van Gal kabi buyuk mutaxassis bilan ishlash - bu katta bonus.

- Siz bilan juda ko'p klublar qiziqdimi?

- Ha, ko'p, ammo bir vaqtning o'zida matbuotda paydo bo'lgan mish-mishlarga ishonmaslik kerak. Men moliyaviy sharoitlarni emas, orzuimni tanladim.

- Siz PSVda qolib, jamoaga CHempionlar ligasida yordam berish haqida o'yladingizmi?

- PSVda nafaqat futbol sirlarini balki insoniylikni ham o'rgandim. Klubdan barchasi uchun minnatdorman, ammo jamoani tark etish vaqti kelganini sezdim. "Manchester Yunayted" taklifiga shunchaki nazar tashlab qo'yishning iloji yo'q.

PSV bilan qo'lga kiritilgan chempionlikdan xursandman. Muxlislar bunga munosib edi.  Klubga kelasi mavsumda eng yaxshi niyatlarimni tilab qolaman va PSV chempionlikni himoya qilishiga umid qilaman.

Depayning agenti Kis Ploegsma ham kichik intervyu berdi:

- Yaqin vaqt ichida biz tibbiy ko'rikdan o'tib, qog'ozbozlik bilan shug'ullanishimiz kerak. Memfis bu boshlanishi ekanligini yaxshi biladi va uning faoliyati chiroyli xotiralar bilan to'lishi uchun Depay bor kuchi bilan mehnat qilishi kerak".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика