"Denov" jamoasi hududiy associaciya birinchiliga o'tish o'yinlari g'olibi
16 dek 2020 12:55
Yangiliklar


"Denov" jamoasi hududiy associaciya birinchiliga o'tish o'yinlari g'olibi
Xabaringiz bor 2020 yil 10-14 dekabr kunlari futbol bo'yicha hududlarda 2-liga jamoalari Kubok sohiblari o'rtasida 1-liga o'yinlariga yo'llanma beruvchi mintaqaviy bosqich musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqa final uchrashuvida Surxondaryo viloyati “Denov” jamoasi Navoiy viloyati “SHuxrat” jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etib, 1-ligaga o'tish turniri musobaqasi uchun yo'llammani qo'lga kiritishdi.
Final uchrashuvida g'oliblikni ko'lga kiritgan “Denov” jamoasini Surxondaryo futbol associaciyasi hodimlari hamda barcha Surxondaryo futbol muxlislari nomidan tabriklaymiz va 1-ligaga o'tish turniri masobaqasida “Denov” jamoasiga omad tilab qolamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar