Denisov: "Men uchun Angliya varianti yaxshiroq"
04 fev 2016 15:43
Yangiliklar
Denisov: "Men uchun Angliya varianti yaxshiroq"
-Evropaning qaysi chempionati sizga ko'proq yoqadi?
-Angliya va Germaniya chempionatlari.
-Italiyachi?
-Nimagadir men uchun Italiya chempionati qiziqarliligini yo'qotgan.
-SHu sababli "Lacio"ga o'tishingiz haqidagi mish-mishlar tez yakunlandimi?
-Tushunmayman, bunday gap-so'zlar qaerdan chiqadi. "Trabzonspor" haqida ham shunday deyishim mumkin.
-Lekin, "Lacio" yomon variant emas...
-Oldin rasmiy taklif bo'lishi lozim. Keyin esa muhokama qilsak bo'ladi. Men uchun Angliya varianti yaxshi. "Manchester", "Arsenal", "Everton"...
-"Lokomotiv"ning Evropa Ligasidagi natijasi qanday bo'larkin?
-"Fenerbaxche"ga qarshi o'yinidan so'ng bir narsa deyishimiz mumkin. Oldindan katta gapirish - menga hos emas. Istanbulda "Beshiktosh"ga qarshi o'ynaganimizga ham ko'p bo'lgani yo'q. Menga to'lib-toshgan stadionda o'ynash yoqadi. Bu narsa insonga o'zgacha hislarni beradi. Hattoki ular raqib jamoaga muxlislik qilayotgan bo'lsalar ham.
-Rossiya chempionati haqida...
-Barchasi hali oldinda. Bizni nafaqat "Zenit", balki "Krasnodar", "Spartak", "Terek" kabi jamoalar ham quvib o'tishlari mumkin. Qiziq bo'lishi aniq.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar