So’nggi yangiliklar

00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  0 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  8

Denis Korostichenko: "Pro liganing darajasi Superliganiki bilan bir xil" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Pro liganing darajasi Superliganiki bilan bir xil"

Pro liga 4-turi doirasidagi "Xorazm" – "Lokomotiv" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

Ilk navbatda barchani g'alaba bilan tabriklayman. Bu muvaffaqiyatga erishish oson bo'lmadi. Raqiblar juda yaxshi himoyalandi. Balki bu biz uchun yaxshi amaliyot ham bo'ldi. "Xorazm" uchrashuv boshidagi vaziyatidan foydalanib oldi. SHundan keyin bizga juda qiyin bo'ldi. Yigitlar jangovor o'yin va xarakter ko'rsata olishdi va g'alabani qo'lga kiritishdi. Og'ir safar bo'ldi, raqiblar qattiq himoyalanishdi va standartlarda anchagina xavfli ekanligini namoyish qilishdi.

- Bugungi o'yinda Marat Bikmaevning maydonga tushmagani sababi nimada?

- O'yinlarga rejalar tuziladi. Biz barcha futbolchilarga ishonamiz. O'yinda zaxiraga murojaat qilishda shoshilmadik. Aslida barcha futbolchilar o'yinga tushishga shay holatda. Xudo xohlasa, keyingi o'yinda Marat o'zini ko'rsatadi.

- Pro-liga saviyasi haqida nima deya olasiz?

- Kubok doirasida "Mashal" jamoasi safarda "Surxon" bilan 0:0 hisobini qayd etdi. SHuningdek, "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Nasaf"ga jang taklif qildi. "Nasaf"ga ham qiyin bo'ldi. SHu sababli bemalol ayta olaman, Pro-liga ham qiyin, bir qancha jamoalar Superliga darajasida.

- Maydon holati xaqida nima deya olasiz?

- Balki 2-3 haftadan keyin yaxshi bo'lib qolishi mumkin. Biroq bunday stadionda jamoalar o'zi istagan futbolni namoyish qilishi juda qiyin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика