So’nggi yangiliklar

07:55Расман: Жоб Беллингем — “Боруссия Д“ футболчиси  0 07:20Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ йирик ҳисобда ғалаба қозонган ва мухлислар маза қилган учрашувдан СУПEРГАЛEРEЯ  1 06:50Ўртоқлик учрашуви. Англия тарихда илк бор Африка терма жамоасига мағлуб бўлди  1 06:00Шавкат Мирзиёев футболчиларга BYD совға қилди  1 02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  1 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  3 01:29ЖЧ-2026 саралаши. Австралия Саудия Арабистонини мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  7 01:01ЖЧ саралаши. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳнинг якуний ҳолати қандай?  10 00:17ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Шимолий Кореяни йирик ҳисобда енгиб, гуруҳни пешқадам сифатида якунлади  12 23:46Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон миллий терма жамоасини тақдирлади ГАЛЕРЕЯ  11 23:38Ислом Тўхтахўжаев ўз автомобилини Бобир Абдихолиқовга совға қилди  46 23:32"Пахтакор" афсонаси Василис Хадзипанагис: "ЖЧ-2026да улкан зафарлар тилайман!"  11 22:24ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Кими Меркнинг охирги дақиқалардаги голи эвазига БААга қарши мағлубиятдан қутулиб қолди  19 22:23Фабрицио Романо: Хуан Гарсия тез орада "Барселона" футболчисига айланади  10 21:55Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионатига яхши тайёргарлик кўрамиз"  158

Denis Korostichenko: "Paxtakor" bizdan ko'ra kuchli ko'rinmadi" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Paxtakor" bizdan ko'ra kuchli ko'rinmadi"

Superliganing 10-turida "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin bobida "Paxtakor" bizdan ko'ra kuchli ko'rinmadi. CHeranning jarimadan urgan golini shunchaki mahorat deymiz. CHunki O'zbekistonda bunday ijrochilar juda kam. Ikkinchi bo'limda esa qo'pol xatodan keyin gol o'tkazib yubordik. Ularda ham bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Biz hujumda etarlicha xavfli o'ynay olmadik. Nima derdim, yosh yigitlarga barqarorlik etishmayapti, hujumchi etishmayapti. Beqarormiz, bir o'yinda yaxshi o'ynayapmiz, keyingisida unchalik emas. Bugun yomon o'ynamadik. SHunchaki xato va ijro mahorati o'yin taqdirini hal qildi.

- "Lokomotiv"ning kelasi mavsum OCHLda o'ynashiga ishonasizmi?

- Ilk navbatda bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Ha, mag'lubiyatdan muxlislar xursand bo'lmaydi. O'yindan o'yinga ularning oz bo'lsa-da ko'payotganini ko'ryapman. Men ham muxlislarga to'la stadionlarni istayman. CHempionat yaxshi ketmoqda, hech kim katta farq bilan oldinga o'tib keta olmayapti. OCHLga esa hali imkoniyat bor, bunga harakat qilamiz.

- Diyor Turopovning bugun maydonda ko'rinish bermagani sababi nimada?

- U kasal bo'lib qolgan.

- "Lokomotiv" ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadi, biroq birinchisida emas. Buning sababi nimada?

- O'yinga bo'lgan rejamiz bor edi. CHeranning goli rejalarni o'zgartirib yubordi. Biz 35-daqiqalaridan keyin o'z futbolimizni ko'rsata boshladik. "Paxtakor"ni darvozamizdan uzoqlashtirib, kuchliroq futbol ko'rsatishni istadik. Bizda o'yinni tashkillashtirishda muammo yo'q. Faqatgina hujumni yakunlashda qiynalyapmiz.

- Hujumchilar esa so'nggi zarba berishni o'rniga pas bermoqda.

- Tarkibimizdagi futbolchilar yomon emas. SHunchaki "Paxtakor"ga qarshi o'ynash qiyin. Ular amaldagi chempion. Ularda top-darajali futbolchilar bor. Qachonki boshqa jamoaga qarshi o'ynasak, qarshilik ham boshqacha bo'ladi. "Paxtakor" yoki "Nasaf"ga qarshi o'ynasak, daraja o'zgaradi. Hali bizda hammasi oldinda.

- Markazda etakchi etishmayapti, tayanch himoyasiga yaxshi futbolchi kerak. Bir vaqtlar Lutfulla To'raev o'ynaganida tayanch himoyaning darajasini oshirgandi.

- Gapingizga qo'shilaman.

- O'tgan mavsumda Javoxir Sidiqov "Lokomotiv"da o'ynaganida o'zini ko'rsata olmadi. Bu mavsum u yana oldingidek "Qo'qon-1912" etakchisi. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Bilmadim, to'g'risi. Bazi futbolchilarda shunday bo'ladi. Futbolchi o'z jamoasida yaxshi o'ynaydi, boshqa jamoada o'yini chiqmaydi. Bunga misollar juda ko'p.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика