So’nggi yangiliklar

07:37Sofascore. Абдуқодир Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 02:59Мбаппенинг дубли "Реал"га "Вильярреал" устидан ғалаба келтирди  8 02:32Аёллар ўртасидаги Испания Суперкубоги: "Барселона" яна "Реал"ни мағлуб этиб, кетма-кет бешинчи бор чемпион бўлди  6 01:55Арне Слот: "Бундай ўйинда 4 дақиқа қўшиб бериш камлик қилади"  8 01:50БУНДЕСЛИГА. "Леверкузен"да қийин ғалаба, "Дортмунд" эса Берлинда зафар қучди  0 00:34АПЛ. «БОРНМУТ»ДАН СЕНСАЦИЯ! «Ливерпуль» 90+5-дақиқада мағлубиятга учради  9 23:58Гвардиола ҳакамлардан норози: "Говард Уэбб, эртага чиқ ва нима учун пенальти берилмаганини тушунтириб бер!"  6 23:41"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум  41 23:23Гвардиола "Сити"даги "янгилар"нинг ўйинига баҳо берди  4 22:47"Реал" ҳимоячиси жароҳат билан ўйнамоқда: Рауль Асенсио жамоаси учун соғлиғини хавф остига қўйди  9 22:32ПСЖ 18 ёшли футболчи учун "Барселона"га битимдагидан кўпроқ тўламоқчи  1 22:20U-23 ОСИЁ КУБОГИ. ЯПОНИЯ — ЧЕМПИОН! Хитой финалда тор-мор этилди  17 22:00Англия. Ҳусанов-Гехи жуфтлигидаги илк баҳсда "Сити" дарвозаси "қуруқ" сақланди ва "шаҳарлик"лар ғалаба қозонди  6 21:29"Бавария" Бундеслига жорий мавсумидаги илк мағлубиятини қабул қилди  11 21:25АПЛ. "Борнмут" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар маълум  17

Denis Korostichenko - "Lokomotiv" bosh murabbiyi Yangiliklar

Denis Korostichenko - "Lokomotiv" bosh murabbiyi

Bugun "Lokomotiv" PFK rahbariyati va murabbiylar shtabi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda jamoamizning Superliga va O'zbekiston Kubogidagi ishtiroki muhokama qilinib, keyingi yil uchun rejalar belgilab olindi. 

Uchrashuv chog'ida klub rahbariyati yangi mavsumda asosiy jamoani yosh iqtidorli mutaxassis Denis Korostichenko boshqarishini malum qildi. Xabaringiz bor, portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra "Lokomotiv"ni tark etganidan so'ng, 27 noyabr kuni Qarshida "Nasaf" bilan kechgan bahsda "temiryo'lchilar"ni Denis Korostichenko boshqarib, mavsumning oxirgi o'yinida jamoamiz 3:1 hisobida zafar quchdi. 

Malumot uchun, Denis Vladimirovich Korostichenko 1986 yil 11 iyulda Toshkent shahrida tug'ilgan. Malumoti - oliy. 2014 yil O'zbekiston Davlat Jismoniy-tarbiya institutini tamomlagan. Katta futboldagi faoliyatini "Oqtepa" safida o'tkazgan. Murabbiylik faoliyatini esa 2005 yilda boshlab, dastlab Toshkent shahridagi BO'SM-17da bolalar murabbiy bo'lib ishlagan. 2010-2018 yillari "Bunyodkor" akademiyasida faoliyat yuritgan Korostichenko 2019 yildan beri "Lokomotiv"da ishlab kelyapti.


2019 yil "Lokomotiv" U-21 jamoasida Timur Kapadzega yordam bergan Korostichenko yoshlarimizning O'zbekiston chempioni bo'lishida munosib hissa qo'shdi. 2020 yilning ikkinchi yarmida Timur Kapadze "Lokomotiv" asosiy jamoasini qabul qilib olgach, murabbiylar shtabiga yana Korostichenkoni taklif etdi. Yil oxirida Timur Tohirovich yangi tuzilgan "Olimpik" jamoasiga yo'l oldi. Denis Korostichenko esa "Lokomotiv"da qolib, Mikael Sekeyra boshchiligidagi murabbiylar shtabidan joy oldi. 

Portugaliyak murabbiy jamoani tark etgach, klubimiz rahbariyati Denis Korostichenkoga ishonch bildirib, yosh mutaxassisni asosiy jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi. Yangi mavsumda Denis Vladimirovichga omad va zafarlar tilab qolamiz.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика