Denis Korostichenko: "Ligada qolish uchun oxirigacha kurashamiz"
07 noy 2022 20:13
Yangiliklar
Denis Korostichenko: "Ligada qolish uchun oxirigacha kurashamiz"
O'yin haqida
"O'yinda tezkor gollar bo'ldi, yigitlar oxirigacha kurashishdi. "So'g'diyona" ham yaxshi va tajribali jamoa. Yomon o'ynamadik. Maydon holati imkon berganicha o'ynadik. Teng o'yinda adolatli durang qayd etildi. Biz 3 ochko olib ketishimiz mumkin edi, afsuski bunday bo'lmadi. Hech qisi yo'q, kurashamiz, hali imkoniyatimiz bor. So'nggi turda ligada qolishga urinamiz. Ammo endi barchasi o'z qo'limizda emas: "Qo'qon-1912" yutqazishi va biz yutishimiz kerak. Ko'ramiz", - dedi Denis Korostichenko.
- Jaloliddinov asosiy tarkibda emas zaxiradan maydonga tushdi. Unda charchoq bormi?
- Yo'q, bu bizning rejamiz edi. Jasur ikkinchi taymda tushishi va jamoa o'yinini kuchaytirishi kerak edi. SHunday ham bo'ldi.
- O'yindan oldin durangni kutganmidingiz?
- Yo'q, kutmagandim, g'alaba uchun kelgandik. Oxirgi ikki turda 6 ochko olib boshqa jamoalarga qarashimiz kerak edi. "Qo'qon-1912" bugun yutqazgani uchun bizda oxirgi turdan oldin ham imkoniyat saqlanib qoldi.
Fikrlar