So’nggi yangiliklar

14:16"Барселона" рекорд даражада даромад кўрди  0 13:48"Қайрат" Чемпионлар Лигасидаги иккита мағлубиятдан кейин қанча ишлаб олди?  0 13:21Виктор Карпенко: "Боб Хоутон танаффусда ўзини жуда хотиржам ва ишончли тутганди, иккинчи бўлимда бизни тўхтатиб бўлмасди"  5 12:57Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон - Кувайт 3:2. Терма жамоамиз тарихидаги энг чиройли камбэк қандай юз берган?  2 12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  2 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  1 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  1 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  6 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  21 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  11 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  8 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  5

Denis Korostichenko: "Ketma-ket ikkinchi o'yinda bir xil xato tufayli gol o'tkazib yuboryapmiz" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Ketma-ket ikkinchi o'yinda bir xil xato tufayli gol o'tkazib yuboryapmiz"

"Olimpik" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Denis Korostichenko bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Birinchi navbatda raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Biz bugun tajribali jamoaga qarshi o'ynpdik. Durang natijasi adolatliroq bo'lar edi. Biz bugun etarlicha vaziyatlar yarata oldik. "Navbahor" tajriba tufayli gollar urdi va g'alaba qozondi", - dedi Denis Korostichenko.


- Bugun jamoangiz ikkita bir xil gol o'tkazib yubordi. Boltaboev to'pni darvozagaa yo'llayotgan chog'ida qaysidir himoyachi unga qarshilik ko'rsatishi kerak emas edimi? Ikkita gol ham himoyadagi individual xatolar tufayli ro'y berdi deb o'ylaysizmi?


- "Andijon"ga qarshi o'yinda ham shunday gol o'tkazib yuborgandik. Koncentraciyaning yo'qligi bunga sabab. Biz himoyachilar bilan ushbu vaziyat ustida ishlagandik. Hozir menda ikkilamchi tuyg'u bor. Futbolchilarimni yana takrorlangan xato uchun urishib beraymi yoki ushbu holatni yanada yaxshiroq mashq qilishimiz kerakmi. Futbolchilar o'tgan o'yindan xulosa qilib olgan bo'lishlari kerak edi. Yana bir bor takrorlayman, ushbu vaziyatni ko'rib chiqqandik. Ketma-ket ikkinchi bahsda yana o'sha xatoni takrorlash g'alati.


- Ikkinchi bo'limda jamoangiz ko'proq qisqa paslar va pozicion hujum orqali hujum qilishga harakat qildi. "Navbahor" esa ancha zich va yaxshi himoyalandi. Raqib darvozasiga uzoq masofadan zarba berish variantini qo'llash mumkin edi, nazarimda. Sababi "lochinlar" darvozaboni uzoq masofadan gol o'tkazib yuborgan o'yinlar bo'ldi.


- Bu ruhiy holatga bog'liq. Biz Eldor Suyunov asosiy tarkibdan o'rin olganini bilganimizdan so'ng ularga ushbu vaziyatdan foydalanib qolishimiz kerakligini aytdim. Ko'proq zarbalar berish, uzoq masofadan bo'lsa ham darvozani nishonga olaverish kerak edi. Eldor Suyunov tajribali darvozabon, ammo so'nggi vaqtlarda u o'yin amaliyotisiz edi. Tanaffusdan keyin esa futbolchilar ham biroz charchab qolishgandek. Futbolchilar xato qilmaslik uchun tavakkalchilikka qo'l urishni istamagandirlar. Uzoqdan bir-ikkita zarba berib ko'rdik, ammo to'p hatto darvozaga yaqinlashmadi. Qanot paslari orqali yoki darvoza tomon "kross"lar orqali o'ynash noto'g'ri qaror bo'lardi. Sababi raqib himoyachilarining bo'yi balandroq edi. Jismoniy holatimiz ham meni qoniqtirmadi.


- Oldinda uchta uchrashuv qoldi. Keyingi bahs OKMKga qarshi. Olmaliqliklarga qarshi o'yinda ochko qo'lga kiritish qanchalik muhim?


- Bizda tiklanib olish uchun vaqt bor. OKMK kumush medallar uchun kurashayotgan jamoa. Ko'ramiz va o'rganib chiqamiz. Hozir tezroq tiklanib olishimiz kerak. Har bir o'yindagi ochko biz uchun juda ham muhim. "Nasaf"ni chempionlik bilan tabriklayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика