So’nggi yangiliklar

08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3

Denis Korostichenko: "Har ikki taymda ham "Paxtakor"dan kuchsiz edik" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Har ikki taymda ham "Paxtakor"dan kuchsiz edik"

Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng (6:0) mehmonlar ustozi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

-Ilk navbatda "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoamiz vakillari uchun bir qancha etirozlarim bor. Ularni belgilangan tartibda ko'rib chiqamiz. SHunisi aniqki, har ikki taymda ham "Paxtakor"dan kuchsiz edik. 

-"Olimpik" bundan avvalgi o'yinlarda munosib qarshilik ko'rsatayotgandi. Bugun nima uchun bunday bo'ldi? Bunga birinchi bo'limdayoq uchta gol o'tkazib yuborilgani sabab bo'ldimi?

- Ha, dastlabki daqiqalarda yaxshi harakat qilgandik. Yigitlar jismoniy va ruxiy tomonlama yuklamalarni ko'tara olishmayapti. "Neftchi" va "Dinamo"ga qarshi ham yaxshi o'ynagandik, lekin yutqazgandik. 

Bugun esa to'rtinchi goldan so'ng yigitlar nimalar bo'layotganini tushunmay qolishdi.

Bunday mag'lubiyatdan so'ng tiklanib olish qiyin. Yigitlarda tajriba kam.

-Jamoani bir qancha etakchilar tark etdi. Asosan yoshlar bilan ishlash, Superliga darajasidagi o'yinlarga tayyorlash qay darajada qiyinchilik tug'dirmoqda?

-Muammolar bor. Oson emas. Tajribasizlik bor. Raqiblar xatoni kechirib o'tirishmaydi. Yigitlar o'ynashni biladilar, ularga shunchaki biroz tajriba etishmayapti. 

-Umuman olganda, "Olimpik"dagi faoliyatingizni qanday baholaysiz?

-Biz harakat qilyapmiz. Butun boshli murabbiylar shtabi harakat qilyapti. Har bir raqibni o'rganib, tahlil qilib chiqyapmiz. Kapadze qurib ketgan o'yin usulini ushlab qolishga harakat qilyapmiz. Yigitlarning kelajagi bor. Superligada bir hil darajada o'ynash qiyin. 

Aynan shunday pallalar orqali odam kuchayadi. Biz o'z ishimizni maksimal tarzda bajarishga harakat qilyapmiz. Qaysidir o'yinlarda g'alaba ham qozonishimiz mumkin edi. "So'g'diyona" yoki "Metallurg" bilan o'yinlarda bizga nimalardir etishmadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика