So’nggi yangiliklar

22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  0 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  8 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  6 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10

Denis Korostichenko: "Dastlabki 20 daqiqadayoq o'yin taqdirini hal qilishimiz kerak edi" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Dastlabki 20 daqiqadayoq o'yin taqdirini hal qilishimiz kerak edi"

Pro-liganing 10-turi doirasida "Yunired" maydonidagi g'alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko o'z fikrlarini bildirdi.

- Birinchi navbatda jamoadagilarni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin bobida nima ham deyishim mumkin. Dastlabki 20 daqiqalikdayoq bahs taqdirini hal qilishimiz kerak edi. Ko'plab vaziyatlar yaratdik va ulardan foydalanishimiz kerak edi. 20-daqiqadan keyin o'yinimizda pasayish ko'rindi, yigitlar tempni biroz pasaytirishdi, shu sababli raqiblarda bir qancha vaziyatlar paydo bo'lishni boshladi va ishonchliroq o'yin ko'rsatishdi. Ikkinchi bo'limda to'g'ri ko'rsatmalar berish orqali ishni g'alaba bilan yakunlay oldik. Zaxiradan tushgan futbolchilar ham o'yinni kuchaytirishdi. Ikkinchi bo'limda anchagina kuchli o'yin ko'rsatdik va adolatli g'alaba qozondik, deya olaman. SHuningdek, yana bir narsani takidlab o'tishim kerak. So'nggi ikki o'yin tug'ilgan kunlarga to'g'ri kelmoqda. O'tgan safargi g'alaba orqali Mirko Yelichichga sovg'a tayyorlagandik. Bu safargi g'alabani esa klubimiz bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramovga bag'ishlaymiz. Bu g'alaba ular uchun kichkinagina sovg'a bo'ladi.

- "Yunired" yangi tashkil topgan jamoa. Ushbu jamoa sizda qanday taassurot qoldirdi.

- O'z navbatida "Yunired" klubi bosh direktoriga ham minnatdorlik bildiraman. O'yindan keyin u inson bizni chiroyli o'yin bilan tabrikladi. Bu biz uchun ham yoqimli. Jamoa yosh, endi tashkil topmoqda. SHu sababli ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman. "Yunired" yomon jamoa emas, futbolchilar harakat qilishmoqda, yaxshi o'ynamoqda. Ular aynan futbol o'ynashni istayotgani va shunga harakat qilayotgani odamni xursand qiladi. Boshqa jamoalar yopilib olishi, himoyaviy o'yin ko'rsatishi, natija uchun o'ynashi ham mumkin. Ushbu jamoa esa paslar, kombinaciyalar orqali o'yin ko'rsatishga harakat qilmoqda. Raqibga bosim ham uyushtirmoqda. Bu jamoa menga yoqdi.

- "Lokomotiv" biroz muddatdan keyin ushbu stadionga qaytadi va "Dinamo"ga qarshi o'ynaydi. Ushbu stadion sizga maqul keldimi? Navbatdagi o'yingacha nimalarnidir to'g'rilash kerakmi?

- 25 may kuni stadionda qandaydir tadbir o'tkazilishini oldindan bilardik, balki, bu so'nggi qo'ng'iroq bo'lishi ham mumkin. Kecha kechqurun bu erga etib kelganimiz uchun nimalar bo'lganini ko'rmadik. Balki maydon holati yanada yaxshiroq bo'lishi mumkin edi. O't ozgina o'sgan, uni biroz o'rish kerak edi. Umuman oladigan bo'lsam, maydon sifati o'tgan yilgidan ko'ra sezilarli yaxshilangan. O'yinlar o'tkazish uchun yaxshi holatga kelgan. Balki keyingi o'yin oldidan maydon o'tini o'rishsa, yanada yaxshiroq bo'lardi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика