So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  1 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Denis Korostichenko: "Birgina standart hammasini hal qilib ketdi" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Birgina standart hammasini hal qilib ketdi"

Superliga o'tish o'yini doirasidagi "SHo'rtan" – "Olimpik" (1:0) bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Avvalambor, "SHo'rtan"ni g'alaba bilan tabriklayman! Bitta gol o'yin taqdirini hal etdi. Boshqa hech narsa deyolmayman.

- "SHo'rtan" darvozasi oldida bahsli vaziyat yuzaga keldi. Sizningcha o'sha holatda penalti bormidi?

- Men hakamlar qarori bo'yicha fikr bildirolmayman. Vaziyatni Ekspert-hakamlar komissiyasi o'zi ko'rib chiqadi.

- Bugungi o'zgarishlar o'zini oqladimi? Qandaydir taktik o'zgarishlar qilishga urindingiz...

- Yigitlar o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Oldinda yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Birgina standart hammasini hal qilib ketdi. Futbolchilarga ortiqcha etirozim yo'q. 

- "Olimpik" o'tish o'yiniga ruhan tayyor emasmidi yoki charchoq alomatlari bormidi?

- Ham ruhan, ham jismonan tayyor edi.

- Bugun g'alabani qo'lga kiritishda "SHo'rtan"ning omadi keldi deb o'ylaysizmi?

- Omad demagan bo'lardim. Futbolchilarimiz 1 soniya diqqat-etiborni yo'qotishdi va bu golga sabab bo'ldi. "SHo'rtan" darvozamiz oldida aytarli vaziyatlar yaratmagandi. 

- Kelajakda "Olimpik" murabbiyi sifatida qolasizmi? 

- Hozircha bir narsa deyolmayman. Hali oldinda bitta o'yinimiz bor. Agar Superligada qolish masalasini hal etsak, rahbariyat bu masalani o'rganib chiqadi. Jamoamizning maqsadi – Superligada qolish. Keyingi bahsda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика