So’nggi yangiliklar

02:43Миллатлар лигаси. Франция меҳмонда Италияни мағлуб этди, Исроил Бельгиядан устун келди  6 02:16Қозоғистон терма жамоаси Черчесов қўл остида 0:15 тўплар нисбати билан Миллатлар лигаси антирекордини ўрнатди  0 01:29Кьеза қишда Италияга қайтиши мумкин?!  0 00:43Педро: "Рома"га мени Римнинг бош жамоаси бўлмиш "Лацио"га сотгани учун раҳмат"  0 00:00Миллатлар лигаси. Норвегия Қозоғистонни, Англия эса Ирландияни яксон қилди ва бошқа натижалар  22 23:26Александер-Арнольд "Реал" учун АПЛдаги энг юқори маошдан воз кечди  9 22:38Рамос "Реал"га қайтадими?  3 22:06Канте Ла Лига топ клубига ўтиши мумкин  3 20:55Неймар "Сантос" билан келишувга эришди ва "Ал Ҳилол" билан шартномани бекор қилишни муҳокама қилмоқда  3 20:28"Барселона" Шенсни билан шартномани узайтириши мумкин  7 19:57"Реал" агар Дэвисни харид қилса, Гутьерресни "Жирона"дан сотиб олмайди  0 19:25"Милан" "Реал" футболчисига қизиқмоқда  4 18:53Футзал. 2-турга старт берилди  1 18:16Кейн АПЛга кичик ўзгартириш киритиш кераклигини айтди  0 17:59Ямаль "Сельта"га қарши ўйинда асосий таркибда майдонга тушмаслиги мумкин  11

Denis Korostichenko: "Balki, Nematulla Quttiboev haqdir, ammo biz g'alabaga erishib bo'ldik" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Balki, Nematulla Quttiboev haqdir, ammo biz g'alabaga erishib bo'ldik"

"Aral"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Barchaga salom. Qiyin o'yin bo'ldi. "Aral" jamoasi bu erga kuchli ishtiyoq bilan kelgan ekan. Jangovorlik xarakterini namoyish qilib berishdi. Futbolchilarim ham yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Darvozabonimiz penalti vaziyatida bizni qutqardi. Ikkinchi bo'limdagi o'yindan mamnun emasmiz. Buni ko'rib chiqamiz, taxlil qilamiz, hulosa chiqaramiz. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, vaziyatlar yaratdik, faqatgina bitta gol urdik. G'alabaga erishdik, barchani tabriklayman, muxlislarni, klubdagi xodimlarni ham tabriklab qolaman. 

- "Aral" jamoasi bosh murabbiyi matbuot anjumanida durang adolatli natija bo'lar edi, "Lokomotiv" men kutgan o'yinni namoyish qilmadi, deb aytdi. Bu fikrga qo'shilasizmi?

- Agarda ikkinchi bo'limni hisobga olsak, balki. Nematulla Quttiboevning gaplariga qo'shilaman. Biroq birinchi bo'limda biz o'yinni tugatib qo'yishimiz ham mumkin edi. Ikkinchi bo'limda ham vaziyatlar bo'ldi. Gol urib qo'yishimiz ham mumkin bo'lgandi. Umuman olganda o'yin durangga mos edi. Biroq biz yutdik. Omad biz tarafda bo'ldi. Barcha futbolchilarimiz harakat qildi va g'alabaga erishdik.

- "Lokomotiv" muxlislari, fan-klubi futbolchilarga ishtiyoq bera oladimi?

- Albatta, stadionga kelgan har bir muxlis o'yinga, futbolchilarning ruxiyatiga tasir ko'rsata oladi. Yigitlar to'lib toshgan tribunalarda ostida o'ynashni istashadi. Buning uchun biz ham harakat qilyapmiz, o'yin sifatini, natijani yaxshilashga intilyapmiz. Aytishni istardim, muxlislar ham o'z navbatida doimo jamoa bilan bo'lishlarini xohlayman. Muxlislarning mentaliteti ham boshqacha. Kimlardir jamoa mag'lub bo'lsa, negativ tomonni izlashni boshlaydi. Stadionga kelgan muxlis oxirigacha biz bilan bo'lsa yaxshi bo'lardi, og'ir kunda ham, g'alabali paytlarda ham. 

- Bugungi o'yinda 3 ochkoni keltirgan asosiy inson sifatida darvozabonni keltirsa bo'ladimi?

- Albatta, bo'ladi. Abdumavlon penaltini qaytardi. O'yinda muhim vaziyatlar bo'ladi: penalti, jarima zarbalari, seyvlar bor. Darvozabon bu paytda kuchini beradi. O'z navbatida bu uning ham g'alabasi. Buning uchun barcha borini berdi.

- Abdumavlon Abdujalilovni o'zbek matbuotida Kepa Arrisabalagaga qiyoslashadi. Siz uni qaysi darvozabonga o'xshatasiz?

- Abdumavlon Abdujalilovga. Kepa... U boshqa darvozabon. Abdumavlon Abdujalilov - bizning darvozabon. 

- Ushbu mavsum boshlanishidan oldin muxlislar "Lokomotiv"ning har bir o'yinda 3:0 yoki 4:0 hisobida yutishini taxmin qilishdi. Siz bu fikrga qanday qaraysiz? Pro-liganing umumiy darajasini qanday baholaysiz?

- Hech qachon Pro liga jamoalariga ham oson bo'lmagan. Ikkinchidan, o'tgan matbuot anjumanida aytgandim. Biz Superliga darajasidagi klubmiz va shu sababli raqiblar bizga qarshi kuchli ishtiyoq bilan o'ynashadi. "Aral" masalan, "Andijon-SGS" bilan o'ynasa, boshqacha futbol bo'ladi. "Lokomotiv" bilan ular endi yuqoriroq koncentraciya bilan o'ynaydi. Stadion, televidenie, etibor bo'ladi. Biz ham buni hisobga olganmiz, Pro ligada oson jamoa yo'q. Barcha o'yinlarimiz qiyin o'tadi. Har o'yinda g'alabaga erishib, Superligaga qaytishni biz ham istaymiz. Masalan bugun ham oson bo'lmadi, yutdik va 3 ochko oldik. Bunday o'yinlar ham bo'lib turadi. Agarda birinchi bo'limda ikki-uch vaziyatimizdan gol urganimizda, balki, 3:0 bo'lardi. Masalan-da. Ikkinchi bo'limda raqib 0:3 hisobi bilan tushdi va ular qanday o'yin ko'rsatishini bilmaymiz. Balki o'yinni tashlab yuborar, keyin hisob 4:0 yoki 5:0 bo'lib ketadi. 1:0 yoki 0:0 hisobi bo'lsa, kurash oxirigacha davom etadi. Pro ligada hech kimga oson bo'lmaydi.

- Agarda o'yin boshidagi rejani inobatga olsak, nimalar o'xshadi-yu, nimalar o'xshamadi?

- O'xshaganlardan ko'ra, o'xshamaganlari ko'proq bo'ldi. Rejaga ko'ra, biz raqib ochib beradigan hududda ko'proq o'yin ko'rsatishimiz kerak edi. Ammo raqiblarning qanday o'yin ko'rsatishini bilmagandik. Ularning o'yinlarini tomosha qildik va hulosa chiqardik. Safarda "Lokomotiv"ga qarshi o'ynagan raqibning qanday o'yin ko'rsatishini taxmin qilish qiyin bo'ldi. Balki, himoyaviy o'yin ko'rsatishi mumkin edi. Bu bizga o'z jarima maydonchamizdan chiqib ketishga ham ancha yordam berardi. Agarda ular pressingda o'ynashsa, biz ochiq hududlarga ega bo'lardik. Birinchi bo'limda shu uslubdan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa kuch etishmadimi, bilmayman. Ishlar o'xshamadi.

- Zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytira olishdimi?

- Ular ham harakat qilishdi. Biroq biz ko'prog'ini xohlagandik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика