So’nggi yangiliklar

15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  0 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0

Denis Korostichenko: "Andijon-SGS" - "Dinamo" uchrashuvi natijasi sensaciya emas" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Andijon-SGS" - "Dinamo" uchrashuvi natijasi sensaciya emas"

Pro liganing 15-turida "Xorazm" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Ilk navbatda barchani g'alaba bilan tabriklayman. Bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Ularni doimo eshitib turamiz. Bu juda yoqimli. Adolatli g'alabaga erishdik deb hisoblayman. Birinchi bo'limda yaxshi tempni ushlab turdik. Yigitlar yuqori ruh bilan o'ynashdi, tezlik yaxshi bo'ldi va yakunda ikkita gol urdik. Ikkinchi bo'limda ham yaxshi vaziyatlar yaratdik, hisobdagi farqni oshirishga intildik. Biroq yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Umuman olganda o'yindan mamnunman. 

- Ikkinchi taymda maydonga tushgan Marat Bikmaev 16 yoshli yigitlardek yuqori azart bilan o'ynadi. Bu murabbiylarning ko'rsatmasimidi?

- Marat mashg'ulotlarda yaxshi mehnat qiladi. Tajribasi yuqoriligini doimo sezdirib turadi. U qaysidir o'yinlarda bizga kerak bo'ladi. Bugun unga o'zini ko'rsatish uchun vaqt berdik, imkoniyati ham bo'ldi. U professional, xohish doimo yuqori. Qanday ishlash kerakligini, g'alabalar qozonishni biladi. Bugun ham u yaxshi o'ynadi, mehnat qildi.

- Bugun ikkinchi bo'limdagi o'zgarishlardan keyin raqiblarda imkoniyatlar bo'lishni boshladi. Zaxiradan tushganlar jamoa o'yinini kuchaytira oldimi?

- 50ga 50. Biz yanada ko'prog'ini istagandik. Zaxiradan tushganlarning ayrimlari kuchaytira oldi, kimlargadir vaqt etmadi. SHu sababli 50ga 50. Raqibning vaziyatlarini aytadigan bo'lsam, ular ham o'zgarishlar qilishdi. Kuchlar ko'paydi. Ko'p bo'lmasa ham vaziyat yarata olishdi.

- "Andijon-SGS" - "Dinamo" uchrashuvida 0:0 hisobi kuzatilganini sensaciya deb hisoblaysizmi?

- Yo'q, unday demagan bo'lardim. Pro ligada ham yaxshi jamoalar ko'p. O'tgan o'yinda biz "Aral"ga mag'lub bo'ldik. "Andijon-SGS" ham yosh, yaxshi jamoa. Ular ham ikki o'yinga yaxshi tayyorlanishi mumkin. Ular ham o'zlarining maksimumini ko'rsatishga harakat qilishdi. Bunday holat bugun "Dinamo"ga qarshi o'yinda amalga oshdi. Demak ular maksimumini ko'rsatishdi. Umuman olganda barcha jamoalar Pro liga uchun mos va istalgan raqibidan ochko tortib olishi mumkin.

- Kelasi turdagi "Dinamo" - "Lokomotiv" uchrashuvini finalga qiyoslashmoqda.

- Biz uchun barcha o'yin final. Ikkinchi davra boshlanganidan keyin barcha o'yin finalga teng ekanligini yigitlarga uqtiryapmiz. Masalan kelasi turda "Dinamo" yoki undan keyin "Qo'qon-1912" bilan o'ynaymiz deyilmaydi. Agarda faqatgina shu o'yinlar uchun yaxshi tayyorlansak, kelasi o'yinlarda ochko yo'qotishimiz mumkin. SHu sababli har bir o'yin final. Bugun finalda yutdik, kelasi o'yin ham final. Barcha finallarga tayyorlanishda davom etamiz. Asosiy vazifamiz bajarilmagunga qadar o'yinlarimiz finalga teng bo'lib boraveradi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика