So’nggi yangiliklar

16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 16:25Суперкубок. ПСЖ - "Тоттенхэм" ўйини олдидан превью  0 16:10"Майдон атрофидаги муҳит ўйиндан ҳам қайноқроқ эди. Лушчанга тан бериш керак" — Санжар Асқаралиев водий дербиси ҳақида гапирди  2 15:50АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади  0 15:30"Хоразм" тарихий натижа остонасида  0 15:15"Қалдирғочлар"нинг меҳмондаги парвози давом этадими?  0 14:45⚡️Bild: Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифини рад этди  32 14:21Элит ОЧЛ. "Ал Дуҳайл" ва "Ченгду Ронгченг" плей-оффда ғалаба қозонишди  1 14:15"Қўқон-1912" 8 йилдан сўнг Ғузордан 3 очко билан қайтди  0 13:49"Қўқон-1912"нинг 9 ўйинлик мағлубиятли серияси якунланган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Сурхон" май ойидан буён Термизда гол ура олмаяпти  1 13:24Луис Энрике: "Тоттенхэм" бир ойдан буён тайёрланмоқда, биз эса бир ҳафта шуғулландик холос"  0 12:27"Нефтчи" ва "Насаф" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:01Эшитдик-да! "Динамо" - "Пахтакор" учрашуви бош ҳакамига "қизил карточка" кўрсатилди  46 11:51Суперлига 19-турида ишловчи расмийлар маълум  4

Denis Korostichenko: "Ali Abdurahmonovni yorqin kelajak kutmoqda" Yangiliklar

Denis Korostichenko: "Ali Abdurahmonovni yorqin kelajak kutmoqda"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Surxon" (2:0) bellashuvidan keyin mezbonlar Denis Korostichenko fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- O'yin keskin ruhda o'tdi. Har bir ochko biz uchun juda zarur, chunki yuqoriroqqa ko'tarilishimiz kerak. Yititlar birinchi taymda u qadar yorqin o'ynashmadi, raqib ham bunga yo'l qo'ymadi. Qiyin bo'ldi. 

O'yin oxirida vaziyatlarimizdan foydalanganimizda, barcha shubhalarga nuqta qo'yishimiz mumkin edi.

- Ingliz futboli ispancha futbolni mag'lub etdi desak bo'ladimi?

- Menimcha, ular ispancha futbol o'ynashmadi. CHunki bilamizki, Ispaniyada texnikaga tayanib, to'pni nazorat qilgan holda o'ynashadi. "Surxon" esa bunday o'ynagani yo'q. 

Bugun bosimga dosh berib, haqli g'alabaga erishdik. Ingliz futboli har doim oldinda (kuladi).

- "Surxon" murabbiyining aytishicha, Termiz klubi o'tgan o'yinlarda raqiblaridan ko'ra yaxshiroq o'ynagan, bugun esa o'yini chiqmagan...

- Ularning avvalgi o'yinlarini o'rganib chiqqandik. Haqiqatan ham "Surxon" yomon o'yin ko'rsatmagan.  

- G'alabada yosh futbolchilar qanchalik muhim rol o'ynadi?

- Savol uchun rahmat. Yosh futbolchilarning moslashuv jarayoni yaxshi davom etmoqda. O'ylaymanki, ular sekin-asta asosiy tarkib o'yinchisiga aylanib borishadi. Bu yil jamoamizni yoshartirish ishlari ketmoqda. Xudo xohlasa, ular jamoada asosiy rolni o'ynaydilar. Bugun Nurmuhammad Toshpo'latov yorqin o'yini bilan ajralib turdi. Undan ko'nglim to'ldi. Bundan tashqari, Ali Abdurahmonov va Igor CHikrizov ham yaxshi o'ynadi. 

- Ali Abdurahmonovning aynan hujumdagi o'yiniga qanday baho berasiz?

- Alini yorqin kelajak kutmoqda. Vaqti kelib hujumchi o'zini ko'rsatadi. U ro'zador edi, ozroq qiynaldi. Fursatdan foydalanib, hammani Hayit bilan tabriklayman! 

Abdurahmonov penalti ishladi, yaxshi to'p tepdi. Hozirgi futbolda ham himoyada, ham hujumda yaxshi o'ynash talab qilinadi. 

- Jamoa rahbariyati sizni qo'llab-quvvatlashda davom etadimi yoki oldingizga qandaydir jiddiy talablar qo'yila boshlandimi?

- Klub rahbariyati bilan to'g'ri yo'ldamiz va belgilangan dastur asosida ish olib boryapmiz. Nima bo'lgan taqdirda ham "Lokomotiv" — top-klub. Jamoa doim yuqori o'rinlarda borishi kerak, masalan kuchli 3 likda. Barchamiz ijobiy natija qo'lga kiritish uchun mehnat qilamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика