So’nggi yangiliklar

14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  4 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  3 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14

Denis Istomin: “Har bir yurtdoshimiz futbolchilarimizning g'alabasiga ishonmoqda” Yangiliklar

Denis Istomin: “Har bir yurtdoshimiz futbolchilarimizning g'alabasiga ishonmoqda”

Hozirda barcha futbol ishqibozlarining nigohi Tailand yashil maydonlarida o'tayotgan futbol bo'yicha U-23 Osiyo chempionatidagi terma jamoamizning ishtirokiga qaratilgani aniq.

SHu bilan bir qatorda Tailand poytaxti tennis bo'yicha “Bangkok Open-2020 Challenger” turniriga ham mezbonlik qilmoqda. Etiborlisi, musobaqa terma jamoamiz istiqomat qilayotgan mehmonxonaning yonginasida o'tadi va unda yurtimizning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin ham ertaga o'z ishtirokini boshlaydi. Fursatdan foydalanib, hamyurtimizning musobaqaga olib borayotgan tayyorgarligi va Osiyo chempionati haqidagi fikrlarini olishga muvaffaq bo'ldik.

– Turnirga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
– Hozir biz ham Tailandda bo'ladigan chellenjer turniriga tayyorlanmoqdamiz. Kuni kecha ulardan biri yakunlandi va undagi ishtirokim muvaffaqiyatli o'tdi, deya olmayman. Bunaqa noqulay ob-havoda yaxshi o'yin ko'rsatish juda qiyin. Nima bo'lganda ham bu mavsumning boshlanishi. Eng asosiysi Olimpiadaga tayyorlanish va unda yaxshi ishtirok etish.

– Tailanddan keyin qaysi turnirga yo'l olasiz?

– AQSHga yo'l olishni rejalashtirganman. Martgacha u erdagi turnirlarda ishtiroq etmoqchiman. Sababi mart oyida bizni “Devis kubogi”da aynan AQSH terma jamoasi bilan o'yin kutib turibdi. Okean orti safarida shu turnirga ham tayyorlanib boraman.


– Tailandda parallel ravishda futbol bo'yicha U-23 Osiyo chempionati ham o'tmoqda. Vakillarimizning muvaffaqiyatli o'yinini kuzatdingizmi?

– Afsuski, rasmiy mashg'ulot va noquliy grafik sabab stadionga tusha olmadim. Lekin yigitlarimizning natijasini kuzatib bordim va g'alabalarini eshitib xursand bo'ldim. Sezib turibman, har bir yurtdoshimiz ularning g'alabalariga ishonmoqda va astoydil muxlislik qilishmoqda. Fursatdan foydalanib, ularga mazkur Osiyo chempionatida omad va g'alabalar tilab qolaman. Olg'a, O'zbekiston!

O'z navbatida biz ham Denis Istominning musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishi va yurtimiz sharafini munosib himoya qilishini tilab qolamiz.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика