Dembele Rabo va Upamekanoni qanday davolagani haqida: "Zanjabilli choy tayyorlab berdim"
17 dek 2022 10:25
Yangiliklar
Dembele Rabo va Upamekanoni qanday davolagani haqida: "Zanjabilli choy tayyorlab berdim"
Franciya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele terma jamoa futbolchilari Adrien Rabo va Dayo Upamekanoning shamollashi hususida gapirdi.
"Upamekano va Raboning boshi og'ridi, men ularga zanjabilli, asal choy tayyorlab berdim... Ular hozir o'zlarini yaxshi his etmoqda. O'ylaymanki, finalga tayyor bo'lishadi", – dedi Dembele.
Avvalroq besh nafar franciyalik futbolchi JCH-2022 finali oldidan mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgani, ulardan uch nafari kasallik tufayli mashg'ulotlarda qatnashmagani xabar qilingandi.
15 dekabr kuni Rabo va Upamekano umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgani malum bo'ldi.
Franciya 18 dekabr, yakshanba kuni JCH-2022 finalida Argentina bilan to'qnash keladi. "Lusail" stadionidagi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Argentina Lionel Messi - 23', Angel Di Maria - 36', Lionel Messi - 108', Lionel Messi - 121', Paulo Dybala - 121', Leandro Paredes - 121', Gonzalo Montiel - 121' World Cup Final Stage . final-tur 18/12/2022, 20:00
France Kylian Mbappe - 80', Kylian Mbappe - 81', Kylian Mbappe - 121', Randal Kolo Muani - 121' Stadion: Lusail Stadium, 88966 tomoshabin Bosh hakam: Szymon Marciniak
Fikrlar