Dembele: "Bir kun kelib "Barselona"da o'ynayman"

Aslanov Jasurbek
10 okt 2016, 13:37
Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Usmon Dembele kelajakda "Barselona" sharafini himoya qilishiga ishonadi.

Bu haqda 19 yoshli futbolchi "Renn" va "Barselona" vakillari o'rtasidagi muzokaralarda aytgan. Dembele o'sha paytda Fransiya klubi safida o'ynardi va ko'k-anorranglilarga o'sishi kerakligini aytib, ularning taklifini rad etgan.

"Hozir ijobiy javob bera olmayman, chunki har yakshanba o'sish uchun maydonga chiqishim kerak. Ammo bir kun kelib "Barselona"da o'ynayman" - deydi Usmon Dembele.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo