

Kataloniyaliklar safida Usmon Dembele 2-taym o'rtalarida maydonga tushdi va ko'p o'tmay raqib darvozasini ishg'ol etdi. Shuningdek, u Lyuk de Yong va Memfis Depayning gollariga hammuallif bo'ldi.
Shunday qilib, Dembele XXI asrda zaxiradan maydonga tushib, uchta golda qatnashgan “Barsa”ning ilk futbolchisiga aylandi.



