Dembele: “Barselona”da o'ynashni orzu qilaman”
04 avg 2017 00:31
Yangiliklar
Dembele: “Barselona”da o'ynashni orzu qilaman”
Jamoatchilikning etiborini qaratgan ushbu tvitda gabonlik hujumchi jamoadoshi Usmon Dembelening 2016 yil fevraldagi intervyusini joylashtirgan. Ikki daqiqalik audioyozuvda Dembele va jurnalist o'rtasidagi suhbatdan parcha keltirilgan. Suhbat so'ngida OAV xodimi Dembeledan qaysi jamoada o'ynash niyatida ekanligini so'ragan, francuz futbolchisi esa: “orzuim “Barselona”da to'p tepish” deya javob bergan.
Bu holatni ko'pchilik Dembelening “Barselona”ga o'tishiga ishora deb tushunmoqda. Kataloniya klubi jamoani tark etayotgan Neymarning o'rnini aynan ushbu futbolchi bilan munosib tarzda to'ldirishga harakat qilmoqda.
Ilgariroq “Borussiya” rahbariyati 100 million evro evaziga ushbu futbolchining transferi borasida muzokaralarni boshlashi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar