Demba Ba "Nyukasl"ni saudiyaliklarga sotilishi haqida: "APLda chempionlik uchun kurashadigan yana bir jamoa paydo bo'ladi"
28 apr 2020 14:20
Yangiliklar


Demba Ba "Nyukasl"ni saudiyaliklarga sotilishi haqida: "APLda chempionlik uchun kurashadigan yana bir jamoa paydo bo'ladi"
"Nyukasl" sobiq forvardi Demba Ba klubning sotilishi haqida fikr bildirdi.
"Bu agar sodir bo'lsa, men juda ham xursand bo'lardim, sababi men "Nyukasl"ni juda ham sevaman. Men u erda ajoyib damlarni o'tkazganman. Agar bitim amalga oshsa, biz APLda yana bir chempionlik uchun kurashadigan jamoaga ega bo'lamiz.
Men top deya olmayman, sababi "Nyukasl"ning o'zi allaqachon top jamoa bo'lib ulgurgan. Ammo, bizda titul uchun va CHL uchun kurashadigan yana bir jamoa paydo bo'ladi. Bu "Nyukasl" va Premer-liga uchun faqatgina ijobiy holatdir", - deydi Ba.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar