So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  2 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Demak, Gvardiolaning "Siti"si Angliyaning eng yaxshi jamoasi emas Yangiliklar

Demak, Gvardiolaning "Siti"si Angliyaning eng yaxshi jamoasi emas

Pep jamoasining mexanizmi ishdan chiqqan.

"Manchester Siti"ning ECHLdagi mavsumi "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin yakuniga etdi. Jamoaning kuchi chempion bo'lishga etadi, bu deyarli aniq, ammo bu hali rasmiylashtirilmagan. Evropa chempionlar ligasida uning jamoasi uzoqqa bora olmadi va "Liverpul"ga mag'lub bo'ldi.

CHorak finalga qura tashlanganida ko'pchilik ushbu juftlikdan "Manchester Siti"ni favorit deb hisoblagandi. Biroq "Liverpul" - "shaharliklar" uchun noqulay raqib hisoblanadi. Ular pressingni yaxshi ishlatishadi. Mersisaydliklar Pep jamoasining nozik taraflarini yaxshi bilishardi. Gvardiola esa xatolarni ko'rgan bo'lsa ham javob uchrashuvida uni berkitishni xohlamadi.

Birinchi bo'lim davomida mehmonlarning uyushqoq himoyasi yaxshi o'ynadi, shu orqali "Siti"dan kambekni kutish juda qiyin ish edi. Bunday bo'lmadi ham, "Siti" ketma ket uch mavsumdirki, o'zida turli xil kamchiliklar borligini ko'rsatib kelmoqda.

"Liverpul" esa vabankka qo'l urgan raqib bilan uchrashuvning birinchi bo'limini bir gol farqi bilan tugatdi. Ha, hisob bundan-da yirikroq bo'lishi mumkin edi, biroq hakamlar brigadasining qo'pol xatosi tufayli "Siti"ning goli inobatga olinmadi. Bu esa Gvardiola jamoasining ruhiyatiga va yakuniy natijaga jiddiy tasir ko'rsatdi.

Gvardiola 2015 yil mayidan beri ilk marta ketma-ket 3 ta o'yinda mag'lub bo'ldi

"Siti" katta kuchni hujumga tashladi va oqibatda oxirgi ikki o'yinidagi holatga tushib qoldi. Jamoa Manchester derbisi va ECHL doirasidagi muhim o'yinlarda qattiq inqiroz holatiga tushib qolgandek ko'rindi.

"Etixad"dagi tomoshabinlar 4 kun oldingi "Siti"ni ko'rishdi: "Siti" birinchi bo'limda "Yunayted"ga qarshi dahshatli o'yin namoyish qildi. Tanaffusdan keyin Smolling, Aleksis va Pogba raqibining himoyasidagi kamchiliklarini ochib tashladi va Pep jamoasining chempionligini kechiktirdi.

"Siti" va Gvardiolaning eng ustun jihati - raqibning har qanday o'yin uslubiga tezda moslashadi. SHu orqali jamoa "Liverpul" bilan uchrashuvni yaxshi boshladi. Kataloniyalik Sanening hisoblanmagan golida hakamlarga qattiq etiroz bildirganidan keyin murabbiylar shtabidan chetlatildi. "Siti" shuning oqibatida o'yin tizginini qo'ldan chiqarib yubordi, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari pasayib ketdi, o'yin davomida birinchi bo'limdagidek harakatlanishmadi. Salohning golidan keyin esa Pepning holati taslim bo'lganlikni ko'rsatgandi.

"Liverpul"ning sehrli hujum chizig'i birinchi bo'limda yorqin o'ynamagan bo'lsa-da, CHemberlen darvozabon Edersonni aldab o'tib, bo'sh darvozani nishonga olishni uddalay olmadi. Ikkinchi bo'limda Salohning o'yini ochilib ketdi va "Siti"ga gol urib, raqibiga keyingi bosqich uchun deyarli imkoniyat qoldirmadi. Pep Gvardiola boshini ushlagancha tribunada o'tirdi.

Bunday voqealar Gvardiola jamoalarida tez-tez bo'lib turadi: Uning "Bavariya"si "Siti" bilan birgalikda hisoblaganda, ECHLning so'nggi 5 pley-off bahslarida 23 gol o'tkazib yubordi va 12tagina gol kiritdi. Jamoa o'rtacha 15-20 daqiqa vaqtda o'z darvozasidan to'p olib chiqdi. Unda asosan Gvardiola jamoasi hisobda oldinda borayotgan bo'ladi va keyinchalik tang ahvolga tushib qoladi. Kataloniyalikning taktikalari har doim ham pley-offning muhim uchrashuvlarida, kerakli paytlarda o'z mevasini beravermaydi.

Ha, u zamonaviy hujumkor futbolning daho murabbiylaridan biri. Uning "Siti"dagi hujumlari darvozabondan boshlanmoqda. Otamendi pleymeyker rolini bajarmoqda. Umuman olgan himoyachilar ham hujum yaratishda ilg'or o'ynaydi. 

Gvardiola mag'lubiyatga qanday izoh berdi?

Pep "Barselona"dagi davridan keyin zaxirani ushlab turishni uddalamayotgani uning rejalarida buzilishlar yuzaga kelmoqda. U xuddi egoistlarga o'xshaydi, uning jamoasi faqatgina uning uslubida yutsin yoki umuman mag'lub bo'lsin.

Qachonki uning ishlari o'xshaganida, Pep jamoasi Evropaning eng kuchli jamoasiga aylanadi. Jamoa odamga yoqadigan futbol namoyish etadi. "Liverpul" bilan uchrashuvlarda noqulay raqib uchun Pep unchalik maqul bo'lmagan taktikani tanladi. Salohning golidan keyin esa umidlar deyarli uzildi.

Agarda Otamendi va Uoker o'z poziciyasini tez-tez yo'qotib qo'ymaganida, o'z darvozalarini yaxshi qo'riqlay olishganida "Liverpul" kabi asabiylashmasdan o'ynashgan bo'lishardi.  CHempionatda Klopp jamoasi pressingni yaxshi ko'radi va qarshi hujumlarda o'ynaydi. ECHLda esa u bu jihatdan voz kechgandek ko'rindi. "Man Siti" "Liverpul" darvozasi oldida ko'plab hujumlar qilgan bo'lsa-da, shulardan faqatgina 3tasi golga tortardi.

Derbi yakunlanayotganda "Yunayted" futbolchilari Ederson darvozasi oldida tartibli ravishda hujumlar uyushtirishdi. Mana shu paytda Gvardiola himoyachilarining effektivligi ko'rinmay qoldi, to'pni olib qo'yishda raqibni yiqitishga majbur bo'lishdi. Futbolchilar yaratilgan vaziyatni yakunlashning o'rniga murabbiyning falsafasini bajarishdi, shu boisdan o'yindagi aspektlar ikkinchi o'ringa tushib qoldi.

Sterlingning yugurishlari, De Bryuynening to'p oshirishlari har doim ham o'yin masalasini hal qila olmaydi. So'nggi qadamni tashlash va tarixga o'z ismini yozib qo'yish uchun har doim juda ko'p mehnat qilish kerak, xuddi Ser Aleks Fergyuson kabi. "Siti" chempionatdagi o'yinlarda raqiblariga umuman bo'sh hudud qoldirmasdi, so'nggi paytlarda esa o'zlari shuni topa olishmayapti. Agarda ricar jangda mag'lub bo'layotganini sezsa, har doim barcha qurollarining har bir afzal jihatini ishlatishga harakat qiladi. Pep esa "Liverpul" bilan uchrashuvlarda shogirdlarining yarim kuchidan foydalandi.

Keyingi turda "Tottenxem"ga qarshi safar o'yini bor. Bunday o'yinlarda ham hisobni oldindan aytib bo'lmaydi. "Siti"ning milliy chempionatda g'alaba qozonishi deyarli aniq bo'lib bormoqda. Uning shogirdlari "Liverpul" va "Manchester Yunayted"ga yutqazdi va so'nggi 3 uchrashuvda 8 gol o'tkazib yubordi. Demak, Gvardiolaning "Siti"si Angliyaning eng yaxshi jamoasi emas.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика