Dele Alli ham jarohat oldi
21 jan 2019 07:05
Yangiliklar
APLning 23-turidan o'rin olgan “Fulxem”ga qarshi bahsda “shporlar” yarim himoyachisi Dele Alli jarohat oldi. Futbolchi 86-daqiqada o'z o'rnini Nkuduga bo'shatib berishga majbur bo'ldi. Klub bosh murabbiyi Maurisio Pochettino so'zlariga ko'ra, Alli tizza osti paylarini jarohatlab olgan. U tez orada tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
22 yoshli Alli joriy mavsum 17 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar