Del Boske yordamchisi: "Kasilyas o'zi xohlasagina Ispaniya terma jamoasini tark etadi"
24 okt 2014 12:07
Yangiliklar


Del Boske yordamchisi: "Kasilyas o'zi xohlasagina Ispaniya terma jamoasini tark etadi"
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente del Boske yordamchisi Toni Grande milliy jamoa darvozaboni Iker Kasilyasni himoya qildi.
"Kasilyasning xatolarini bo'rttirib tashlashmoqda. Bu nohaqlik. Biz o'sha vaziyatni ko'rdik va darvozabonning xatosi juda jiddiy emasligini guvohi bo'ldik. SHunda men jamoa emas, o'yinchi haqida o'yladim. Kasilyas bizning iltimosimiz bilan emas, o'zi xohlasa terma jamoani tark etadi" - deydi Grande.

Fikrlar