Deku: "Ronaldu bunchalik darajaga etishini bilmagandik"
09 iyu 2019 12:43
Yangiliklar


Deku: "Ronaldu bunchalik darajaga etishini bilmagandik"
Portugaliya termasining sobiq futbolchisi Deku termaning hozirgi sardori Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
"Krishtianu termada juda ham baxtli, u termada o'ynayotganida nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi. Undan tashqari, Ronaldu sardor, uning etakchilik hususiyati juda ham yuqori darajada.
U futbolni boshlaganida buyuk futbolchilar qatoriga kira olishini bilgandik, ammo bu darajagacha eta olishini kutmagandik. U futbol tarixidagi eng zo'r futbolchilardan biri.
Isbot sifatida ayta olaman, shu yoshiga kirganda ham bir necha yillik barqarorligini yo'qotmadi. Bunday hususiyat barchaga ham berilmaydi", - dedi Deku.
O’xshash yangiliklar
16:03
"Manchester Yunayted" liboslarining orqa tomoniga uch nafar afsonaning ismini yozdirish taqiqlandi 0

Fikrlar