Deklan Rays MYUda o'ynashni xohlamoqda
15 apr 2021 01:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631160_original.jpg)
![](/upload/storage/631160_220.jpg)
Deklan Rays MYUda o'ynashni xohlamoqda
"Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirmoqchi.
"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, Angliya terma jamoasi bilan 2022 yilgi Jahon chempionatiga saralash o'yinlariga tayyorgarlik paytida yarim himoyachi mankunianlar bilan suhbatda bu haqda aytgan. U darvozabon Din Xenderson va himoyachilar Xarri Maguayr va Lyuk SHoudan Manchester klubidagi ichki muhit haqida so'ragan.
Xabar qilinishicha, "Manchester Yunayted" Raysni ikki yildan ortiq vaqtdan beri kuzatmoqda va uni sotib olish uchun asosiy davogar deya hisoblaydi.
Angliyalik futbolchi jJoriy mavsumda "bolg'achilar" safida barcha turnirlarda 32 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar