De Yong "Barselona"dan "Manchester Yunayted"ga ehtimoliy o'tishi haqidagi savolga javob berdi
02 jan 2024 14:24
Yangiliklar
De Yong "Barselona"dan "Manchester Yunayted"ga ehtimoliy o'tishi haqidagi savolga javob berdi
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Manchester Yunayted"ga ehtimoliy o'tishi haqidagi savolga javob berdi.
"Orzuimdagi klub bo'lmish "Barselona"daman. APLga o'tish menga yangi impuls beradimi? Balki. Ammo, "Barsa"da juda mamnunman. Ketish haqidagi savolga javob berish doim qiyin. Hozircha menga shu er yaxshi!", — deya javob berdi de Yong.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Barselona" sport direktori Dekuning Frenki de Yongning kasallik sabab "Antverpen"ga qarshi o'yinga jamoa bilan bora olmasligini aytgan gapiga ishonmagani xabar qilingan edi. Niderlandiyalik futbolchining agenti keyinroq ushbu mish-mishlarni rad etdi.
De Yong joriy mavsum barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar