De Xeaning anonim ishini fosh qilib qo'yishdi
27 mar 2020 20:28
Yangiliklar
De Xeaning anonim ishini fosh qilib qo'yishdi
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea Ispaniyada koronavirusga qarshi kurashish uchun yordam pulini ajratdi.
Futbolchi Madrid amaldorlariga 300 ming evro jo'natgandi va bu maxfiy qolishini so'ragandi. Ammo Madrid avtonom uyushmasi prezidenti Izabel Dias bu sirni ochib qo'ydi.
"Rahmat, David! Koronavirusga qarshi kurashish uchun sizdan katta yordam oldik! Sizdan juda ham minnatdormiz", - deb yozadi u o'z tvitterida.
Ispaniyada koronavirusdan zararlanganlar soni 57786 nafarni tashkil qiladi. SHulardan 4365 nafari vafot etgan.
Fikrlar