So’nggi yangiliklar

22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  33 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  8 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  6 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  10 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  26 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  3 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  14 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  10

De Xeaga atalgan kecha yoxud "Manchester Yunayted" – "Everton" 2:1 Yangiliklar

De Xeaga atalgan kecha yoxud "Manchester Yunayted" – "Everton" 2:1

Angliya premer-ligasi 7-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" – "Everton" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Manchester Yunayted – Everton 2:1
5 oktyabr, 16.00, Old Trafford
Gol:
Di Mariya 26, - 1:0 (Mata). Neysmit 54, - 1:1 (Beyns). Falkao 62, - 2:1 (Di Mariya).
Amalga oshirilmagan penalti:
Beyns 45+2 (darvozabon)
Manchester Yunayted –
De Xea, Rafael, SHou (BlekkeT, 70), Roxo, Blind, Makneyr, Mata, Valensiya (Fellayni, 79), Di Mariya, Falkao (Uilson, 73), van Persi.
Everton 
Xovard, Xibbert (Brauning, 77), Jagielka, Stouns, Beyns, Berri, Beshich, Pienaar (Ovedo, 63), Makgidi (Osman, 77), Neysmit, Lukaku.
Ogohlantirishlar:
van Persi 9, Beshich 17, Pienaar 25, Blind 29, Xovard 90, Uilson 90.


                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH

O'YIN TUGADI! Manchester Yunayted o'z uyida qiyin g'alabaga erishdi. Bugungi g'alaba De Xea tufayli yuzaga keldi!

90+6.
Burchak to'pidan so'ng Lukaku boshi bilan noaniq zarba berdi

90+5.
Stouns hujum vaqtida jarohat olib maydonni tark etdi, sababi o'zgarish qolmagan

90+4. YANA DE XEAAAAAAAAAAAAAA! Malades! Ajoyib seyvlar! Qoyilmaqom! "Everton"ning ketma-ket hujumlaridan so'ng Berri zarba berdi, himoyachilardan qaytgan to'pni Ovedoning zarbasi esa darvozaning to'qqizligiga kirib ketayotganida De Xea ajoyib tarzda to'pni qaytardi!

90+3. Ogohlantirish. MYU.
Uilson

90+2. DE XEAAAAAAAA! QOYIIIIIIIL! Osmanning ajoyib zarbasidan so'ng to'pni darvozabon qaytardi! Bugungi o'yining qahramoni sifatida aynan De Xea etirof etiladi. SHubhasiz...

90+1. Ogohlantirish. "Everton".
Tim Xovard

90+1.
Van Persi! Raqibning xatosidan so'ng to'pni darvozaga yo'llay olmadi

90. Asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berildi

86. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! OSMAN! De Xeaga qoyil!

83.
Ovedoning to'p uzatishiga ikkita Lukaku ham eta olmasdi...

82.
Stadionda Bobbi CHarlton va ser Aleks Fergyuson kabi afsonalar o'yinni kuzatishmoqda

80. "Everton"ning hujumi!
Ovedo to'pni jarima maydoniga oshirdi, Neysmit esa sherigiga to'pni aniq etkazib bera olmadi...

79.
Di Mariya belgilangan jarima to'pini darvozaga yo'lladi, Xovard o'z o'rnida

79. O'zgarish. MYU.
Valensiya o'rniga Fellayni tushdi

77. O'zgarishlar. "Everton".
Makgidi o'rniga Osman, Xibbert o'rniga Brauning tushdi

76.
"Everton" hisobni tenglashtirishga intilmoqda, biroq hujumlar u qadar keskin chiqayotgani yo'q

73. O'zgarish. MYU.
Falkao o'rniga Jeyms Uilson tushdi

70. O'zgarish. MYU.
Lyuk SHou o'rniga Blekket tushdi

68.
"Everton" gol o'tkazib yuborgach hujumga o'tmoqda. "Ko'klar" uzoq vaqt hujum qilishdi, biroq himoyachilar bir amallab to'pni qaytarishdi

63. O'zgarish. "Everton".
Pienaar o'rniga Brayn Ovedo tushdi

63. MYUning uzoq davom etgan hujumi, Di Mariya to'pni jarima maydoni ichida turgan Falkaoga erlatib etkazib berdi, Radamel bunday masofalardan gol uradi - 2:1.

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MANA FALKAOOOOOOOOO!

58. FALKAOOOOOOO!
Yo'q u zarba bergani ham, gol urgani ham yo'q, hujumchi o'z darvozasini goldan qutqarib qoldi! Burchak to'pidan so'ng Jagielka boshi bilan darvozaga aniq zarba berdi, De Xeadan o'tib ketgan to'pni ustun yonidan joy olgan Falkao qaytarib yubordi!

54. Penaltidan gol ura olmagan Beyns chap qanotdan to'pni Neysmitning boshiga "joylab qo'ydi". Hujumchi esa shunchaki darvozani ishg'ol qildi - 1:1. Ajoyib pas, ajoyib gol!

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! NEYSMIT!!!

52. Xavfli vaziyat!
SHouning chap qanotdan oshirgan to'pini Falkao egallab olib darvozaga zarba berdi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi

50.
Robin van Persi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

47.
Di Mariyaning to'p uzatishidan so'ng Falkao to'pga eta olmadi, aks holda hisob o'zgarardi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Dastlabki bo'limda MYU 3 marta, "Evreton" esa bir marta darvozaga aniq zarba beribdi. Mehmonlarning yagona aniq zarbasi penaltidan ijro etildi

45+3.
Birinchi bo'lim tugadi. 15 daqiqa tanaffus

45+2. DE XEAAAAAAAAAAA! Beynsning zarbasidan so'ng to'pni qaytardi! Beyns oxirgi 10ta penaltidan so'ng gol urgandi!

45+2. PENALTI!!! SHou Neysmitni o'z jarima maydoni ichida yiqitdi.

45.
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi

43.
MYU futbolchilari to'pni raqib jarima maydoni yonida ushlab turishdi, lekin darvozaga zarba berishga kelganida o'xshamadi...

41. Xavfli vaziyat!
Di Mariyaning burchakdan uzatgan to'pini Falkao to'xtatmay darvozaga yo'lladi, to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

39. Beynsning ajoyib pasidan so'ng Lukaku ilk bor Makneyr taqibidan qochib ketdi va darvozaga zarba berdi, xavfli, lekin noaniq zarba!

38.
Van Persi raqib jarima maydoni ichida Jagielka bilan kurashda burchak to'pi ishladi. Biroq burchak to'pi foyda keltirmadi

36.
Mehmonlar jarima to'piga ega bo'ldi, Beynsning to'p uzatishini Rafael qaytardi

33.
"Everton"ning hujumi, burchak to'pi bilan tugadi. Burchak to'pidan so'ng qizil formadagi himoyachilar bir amallab to'pni qaytarishdi

29. Ogohlantirish. MYU.
Deyli Blind

26. Mataning ajoyib pasidan so'ng Anxel Di Mariya o'ng oyog'i bilan darvozani ishg'ol qildi, zarbasi burama chiqdi - 1:0.

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DI MARIYAYA!

25. Ogohlantirish. "Everton".
Stiven Pienaar

24.
Burchak to'pidan so'ng Deyli Blind zarba berdi, noaniq.

23.
Di Mariya chap oyog'ida jarima maydoni tashqarisidan darvozani nishonga oldi, biroz noaniq!

19. ZARBAAAAAA! Falkao Di Mariyaning qoyilmaqom pasidan so'ng Radamel zarba berdi, noaniq!


17. O'yin tempi juda yuqori, lekin xavfli vaziyatlar ko'p emas

14. Makneyr Lukakuga imkon berayotgani yo'q

13. Xavfli vaziyat! Mata raqib jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib orqaroqdagi sherigiga uzatdi, Blindning zarbasi o'xshamadi.

10. Mehmonlar hujum qilishga urinishmoqda. Hozircha samarasiz.

9. Ogohlantirish. MYU. Van Persi markazda Berrini yiqitgani uchun

6. Yana bir vaziyat! Di Mariya chap qanotdan van Persini "ko'rdi". Gollandiyalik futbolchining zarbasi noaniq ketdi

5. Endi o'ng qanotdan hujum tashkil etildi. Rafaelning uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi.

3. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! Lyuk SHou chap qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoniga uzatdi, Falkaoning boshi bilan yo'llagan zarbasidan so'ng hisob ochilishi kerak edi, lekin darvozada Tim Xovard turibdi!

1. Bahsni Kevin Frend boshqarib boradi

- O'YIN BOSHLANDI!

- Bugun MYU safida Runi yo'qligi uchun Robin van Persi sardor sifatida maydonga tushdi. Lui van Gal 1995 yilda tug'ilgan Patrik Makneyrni asosiy tarkibda maydonga tushirdi.

- "Everton" hisobida 1ta g'alaba, 3ta durang va 2ta mag'lubiyat bilan 17-o'rinda.

- MYU 6ta o'yindan so'ng 2ta g'alaba, 2ta durang va 2ta mag'lubiyat bilan musobaqa jadvalining 10-pog'onasida bormoqda.

- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Angliya premer-ligasi o'yinlari davom etadi. "Manchester Yunayted" va "Everton" o'rtasidagi o'yinni Narzulla Saydullaev sizlar bilan birga kuzatib boradi.

- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика