

Umuman esa, David joriy mavsum Chempionlar ligasida darvozasi tomon yo'llangan 21ta aniq zarbadan 20tasini qaytargan (95,2%).
Bu YCHLning ushbu mavsumida bittadan ko'p o'yin o'tkazgan kiperlar orasida eng yaxshi ko'rsatkich (De Xea yagona golni SSKA yarim himoyachisi Konstantin Kuchaevdan o'tkazib yuborgan edi).
Qaytarilgan zarbalar foizi bo'yicha ikkinchi o'rinda "Barselona" kiperi Mark-Andre ter Shtegen (87,5%), uchinchi pog'onada esa "Manchester Siti" darvozaboni Ederson (79,2%).




