De Xea Shmeyxelning rekordini takrorladi

17 iyul 2020, 08:42
MYU posboni APL 36-turi doirasida “Kristal Pelas”ga qarshi bahsda (2:0) o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Bu David de Xea uchun APLdagi 112-quruq o'yin bo'ldi. Natijada ispaniyalik futbolchi klub afsonasi Peter Shmeyxelning ko'rsatkichini takrorladi. Peter vaqtida 252 ta o'yinda bu natijani qayd etgandi. Davidga esa bunday natijaga erishish uchun 311 ta APLdagi o'yin kerak bo'ldi. Keyingi o'rinlarda quyidagi posbonlar bor:

Edvin van der Sar - 186 ta o'yindan 90 tasi quruq

Faben Bartez - 92 ta o'yindan 30 tasi quruq

Roy Keroll - 49 ta o'yindan 24 tasi quruq.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports