De Xea Saudiyaga borishni istamadi
19 noy 2023 15:30
Yangiliklar
De Xea Saudiyaga borishni istamadi
"Manchester Yunayted"ning sobiq posboni David de Xea cho'ntakbop taklifga rad javobini berdi.
"The Sun" xabariga ko'ra, darvzabonga Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi taklif bilan chiqqan. Arablar kiperga haftasiga 500 ming funt maosh to'lashga tayyor bo'lgan. Biroq u bu taklifga rad javobini bergan va Osiyoga borishni istamagan.
De Xeaning "Old Trafford"dagi safari 1 iyul kuni "qarigandi". Klub posbon bilan shartnomasini uzaytirishni istamadi. Uning o'rniga boshqa darvozabon olib kelindi. SHu boisdan u 5 oy mobaynida jamoasiz yuribdi. Ayni damda qishki transferlar oynasi vaqtida kuchli beshlik klublarining nomdor klublaridan taklif kutmoqda.
O'tgan mavsumda de Xea MYU tarkibida 58 o'yinda qatnashdi, shuningdek, APLda "Oltin qo'lqop"ni qo'lga kiritdi.
Fikrlar