De Xea: "Real"? Meni "Manchester Yunayted"da hamma narsa qoniqtiryapti"
24 okt 2014 15:45
Yangiliklar


De Xea: "Real"? Meni "Manchester Yunayted"da hamma narsa qoniqtiryapti"
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea "Real"ga o'tishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Men "Real"ga o'tishni xohlaymanmi? Bu hech qanday asossiz mish-mish. "Manchester Yunayted"da meni hamma narsa qoniqtiradi. So'nggi maqtovlardan keyin etim jimirlab ketdi. Men qahramon bo'lishni istamayman, shunchaki o'z jamoamga yordam bermoqchiman. Biz cho'qqiga qaytishni rejalashtirganmiz. Yangi murabbbiy kelganida qiyinchiliklar bo'lishi bu odatiy hol. Hozir biz CHempionlar ligasiga qaytmoqchimiz" - deydi de Xea.

Fikrlar