De Xea: "Parvozimni kuzatishda davom eting"
02 sen 2022 17:29
Yangiliklar
De Xea: "Parvozimni kuzatishda davom eting"
"Manchester Yunayted" posboni David de Xea payshanba oqshomida "Lester" ustidan g'alaba qozonilgan o'yindagi qoyilmaqom seyvini marhum buvisiga bag'ishladi.
"King Pauer" stadionida o'tkazilgan o'yinning ikkinchi bo'limida "Lester" futbolchisi Jeyms Meddison jarima zarbasidan darvozani ishg'ol qilishga urinib ko'rdi. De Xea baland sakrab to'pni bir qo'li bilan urib yubordi.
Ispaniyalik darvozabon o'yindan keyin Twitter'dagi sahifasida marhum buvisiga hurmat bajo keltirdi va shunday deb yozib qoldirdi: "Bu seyv va g'alaba siz uchun, buvijon. Qaerda bo'lsangiz ham, mening parvozimni kuzatib turing".
"Lester"ga qarshi o'yinda De Xea asosiy figuraga aylandi va MYUning uch o'yinlik g'alabali seriyasi davom etishiga o'z hissasini qo'shdi.
O’xshash yangiliklar
22:21
Angliya kubogi. "Liverpul" 4ta, "CHelsi" esa 5ta, "Lester" esa 6ta gol urdi va boshqa natijalar 3
Fikrlar