De Xea MYUga shart qo'ydi
15 jan 2019 14:37
Yangiliklar


De Xea MYUga shart qo'ydi
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea rahbariyatdan maoshi oshirilishini talab qilmoqda.
"Mirror" xabariga ko'ra, 28 yoshli ispaniyalik posbon haftasiga 340 ming evro maosh olishni istamoqda. SHu orqali u eng ko'p maosh oladigan darvozabonga aylanadi. "Yunayted"dagilar bunga rozilik berishi kutilmoqda. Uning hozirgi haftalik maoshi 230 ming evroni tashkil qiladi.
Bu mavsumda posbon APLning 22 o'yinida 32 gol qo'yib yubordi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2020 yilning yozida yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar