De Xea MYUdan juda katta maosh talab qildi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2018, 14:28
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea klubda qolish uchun o'z shartlarini e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik "qizil iblislar" rahbariyatiga maoshi hujumchi Aleksis Sanchesnikidek bo'lgan taqdirda, klubda qolishga tayyorligini bildirdi. Chililik forvardning haftalik maoshi 394 ming evro.

De Xea va MYU o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi, ammo unda kelishuvni bir yilga uzaytirish bandi mavjud. Oldinroq, posbon haftasiga 310 ming evro to'lanadigan shartnomani rad etgan edi.

De Xea xizmatlariga "Yuventus" va PSJ qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail