De Xea endi rasman APLning mavsumdagi eng yaxshi darvozaboni bo'ldi
21 may 2023 13:14
Yangiliklar
De Xea endi rasman APLning mavsumdagi eng yaxshi darvozaboni bo'ldi
"Manchester Yunayted" posboni David de Xea Premer-liganing "Oltin qo'lqop" sovriniga ega chiqdi.
Ushbu mavsumda 32 yoshli posbon APLning 17 o'yinida gol o'tkazib yubormadi. Bu ligadagi eng yaxshi ko'rsatkich bo'ladi. Ikkinchi pog'onada "Liverpul" darvozaboni Alisson qayd etiladi. Unda 14 "quruq" o'yin bor.
Darvozabonga APLning 36-turi doirasida "Vulverxempton"ga qarshi o'yindan keyin "Oltin qo'lqop" sovrini taqdim qilib bo'lingan.
Malumot uchun, De Xea bundan avval 2017-2018 yilgi mavsumda "Oltin qo'lqop"ni yutgandi. O'shanda ispaniyalik darvozabon mavsum davomida 18 ta quruq o'yin qayd etgandi.
Qayd etish kerak, mankunianliklar uchun APLda yana ikki o'yin bor. 25 may kuni jamoa "CHelsi"ga qarshi bahs olib borsa, 28 may kuni "Fulxem"ga qarshi bahs bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar