De Rossining yangi jamoasi malum bo'ldi
18 iyu 2019 23:13
Yangiliklar


De Rossining yangi jamoasi malum bo'ldi
"Roma"ning sobiq futbolchisi Daniele De Rossi "Boka Xuniors"ga o'tadi.
Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, futbolchi Argentina klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Yaqin vaqtlarda u Buenos-Ayresga etib boradi va yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Ayni damda u erkin agent maqomida va u "Boka"ga tekinga o'tadigan bo'ldi.
35 yoshli De Rossi "Roma" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U rimliklar tarkibida 2002-2019 yillar davomida 616 o'yinda qatnashib, 63 gol urib, 54 golga assistentlik qilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar