De Rossi diskvalifikaciya tufayli SSKAga qarshi o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
14 sen 2014, 14:25
"Roma" yarim himoyachisi Daniele de Rossi Yevropa chempionlar ligasi 1-turida SSKAga qarshi maydonga tusha olmaydi, deb xabar bermoqda UEFA rasmiy sayti.
Futbolchi 2011 yil "Shaxtyor" himoyachisi Dario Srnaning yuziga tirsagi bilan urgani uchun uchta o'yinga diskvalifikaciya qilingandi. Hali bu jazo oxiriga etgani yo'q. 

Moskva klubi safida diskvalifikaciya tufayli Rimdagi o'yinda Alan Dzagoev va Pontus Vernblum o'ynay olishmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net