De Ligt zaxirada qolgani haqida: "Buni kutmagandim"
25 avg 2019 22:15
Yangiliklar
De Ligt zaxirada qolgani haqida: "Buni kutmagandim"
Kecha, Italiya chempionati yangi mavsumining ilk turida amaldagi titul sohibi Yuventus safarda Parma bilan o'ynab, minimal hisobda zafar (1:0) qozondi.
Mazkur uchrashuvda himoyachi Matteys de Ligt maydonga tushirilmadi va u bu haqda fikr bildirdi.
“Men o'ynashni xohlagandim. «Parma»ga qarshi o'ynayman deb o'ylagandim. Biroq, barchasi murabbiylar shtabiga bog'liq. Moslashishda davom etmoqdaman. Bonuchchi va Kellini ko'pdan buyon jahonning eng yaxshi himoya juftligi hisoblanadi, ularga bo'lgan ishonch esa yuqori darajada. Asosiy tarkibga kirish uchun kurashishim kerak. Jismoniy tarafdan bu qiyin, lekin, tajribamni oshirib borayotganimni sezmoqdaman”, – deydi gollandiyalik futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar