De Ligt ketganidan so'ng "Ayaks" yangi sardorni tanladi
06 avg 2019 10:52
Yangiliklar


De Ligt ketganidan so'ng "Ayaks" yangi sardorni tanladi
Gollandiya chempionida Matteys De Ligt ketganidan so'ng yangi jamoa sardori tanlandi.
Amsterdamliklar yangi mavsum oldidan Frenki De Yong hamda Matteys De Ligt bilan xayrlashishdi.
Yangi mavsum boshida jamoa yangi sardorni tayinladi. 19 yoshli de Ligt o'rnini 30 yoshli Dushan Tadich egalladi.
Tadich 2018 yilda "Sautgempton"dan 11,5 million evro evaziga o'tgan edi.
30 yoshli serbiyalik hujumchi o'tgan mavsum terma jamoa va klub safida 64 bahsda ishtirok etib, 39ta gol urgan holda 26ta pasni o'z hisobiga yozib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar