De Ligt: "Ayaks"dan boshqa orzuimdagi klub yo'q"
27 may 2019 20:20
Yangiliklar
De Ligt: "Ayaks"dan boshqa orzuimdagi klub yo'q"
"Ayaks" himoyachisi va sardori Matteys de Ligt kelajagi haqida gapirib o'tdi.
"Kelajagim haqida ko'p gaplar yozishdi, aytishdi. Ammo, hozirgacha bu borada nima yuz berishini bilmayman. Mish-mishlar meni aqldan ozdirmaydi. Men uchun qaysi variant yaxshiroqligini tushunishga harakat qilyapman va o'zim qaror qabul qilaman. Bir qancha klublar menga qiziqishgani rost.
"Ayaks"dan boshqa orzuimdagi jamoa yo'q. Doim "Ayaks"da o'ynashni orzu qilganman va buni uddaladim. Klub bilan shartnomam bor ekan, hali ham qolish imkoniyatim bor", - deya gollandiyalik yosh istedodning so'zlarini keltirdi Goal nashri.

U 2018/19 yilgi mavsumda 54ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assistga erishgan.
Futbolchining transfer narxi 70 million evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar