De Laurentis CHL qurasi haqida: "Finalchi qanday qilib uchinchi savatchada bo'lishi mumkin?"
04 sen 2018 11:14
Yangiliklar
De Laurentis CHL qurasi haqida: "Finalchi qanday qilib uchinchi savatchada bo'lishi mumkin?"
"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis CHempionlar ligasi qurasidan ko'ngli to'lmadi.
"Tushuntirish uchun UEFAga murojaat qilishim kerak, tushunmayapman, "Liverpul" - CHempionlar ligasi finalchisi qanday qilib uchinchi savatchada bo'lishi mumkin. Doimo quralar haqida bahslashganman, ular faqat qo'g'irchoq spektakli uchun xizmat qiladi. Qiyin guruh, ammo bu guruhdan chiqish juda yoqimli bo'ladi" - deydi "Napoli" prezidenti.
O'tgan mavsum "Napoli" "Manchester Siti" va "SHaxtyor"dan ortda qolib, CHempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqa olmagan edi. Joriy mavsum PSJ, "Liverpul" va "Crvena Zvezda" "Napoli" bilan bir guruhdan joy oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar