De Yong Angliyaga qaytishi mumkin
16 apr 2015 15:18
Yangiliklar


De Yong Angliyaga qaytishi mumkin
"Milan" rahbariyati yarim himoyachisi Nayjel de Yong bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti.
Xabarlarga ko'ra, gollandiyalik yozda jamoani tark etadi. Futbolchi Angliya chempionatida ishtirok etayotgan jamoalardan biriga o'tishi mumkin.
De Yong 2009 yildan 2012 yilgacha "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan. Yarim himoyachi bu mavsumda "Milan" safida 22ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urgan.

Fikrlar