De Bur - van Deyk haqida: "U mening rejalarimga kirmayapti"
23 mar 2021 22:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626920_original.jpg)
![](/upload/storage/626920_220.jpg)
De Bur - van Deyk haqida: "U mening rejalarimga kirmayapti"
Niderlandiya termasi bosh murabbiyi Frank de Bur himoyachi Virjil van Deykning milliy jamoa tarkibiga qaytarilishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Termaga qaytishi uchun unda atigi 8 hafta qoldi. Bu muddat etarlimi, bilmayman.
U bilan gaplashib ko'rdim, maydonda shug'ullanishni boshlabdi. Biroq holat og'irlashib ketishi mumkin. Virjil ushbu mavsumda boshqa o'yinlarda qatnashmasligi aniq. SHu boisdan u etiborini kelasi mavsumga qaratishi kerak.
U to'g'ri yo'lda ekanligidan xursandman. Barchasi uning xohish istaklariga bog'liq.
U qaysi jamoa tarkibida o'ynashidan qati nazar, hozirda mening rejalarimda emas. Agarda jarohatidan forig' bo'lsa, juda yaxshi ish bo'lardi. Biroq unga bosim berishni istamayman. Barchasi uning o'ziga bog'liq", - dedi de Bur.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar